2. Aladur+men tipidagi forma. Aladur+men tipidagi formaning yozma
yodgorliklarda aks etishi XIV asrdan boshlab kuzatiladi. Masalan, bu forma
qipchoq tillariga mansub bo‘lgan XIV asr yodgorligi «Kodeks kumanikus»da
iste’molda bo‘lgan, «Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya» asarida ham bu
formaning shu davr qipchoqlari tilida qo‘llangan haqida ma’lumot berilgan,
shuningdek, ozarbayjon tilining XIV—XV asrlarga oid yozma yodgorliklarida
iste’molda bo‘lgani ham qayd qilingan.
17
Yozma yodgorliklarning ko‘rsatishicha, o‘zbek tilida bu formaning aktiv
qo‘llanishi XV asrdan boshlangan va XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga
qadar hozirgi zamon ma’nosini ifodalovchi asosiy vositalardan biri sifatida
qo‘llanib kelgan.
Eski o‘zbek tilida fe’l negizining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar bu forma
tarkibidagi affiks vazifasini bajaruvchi holat fe’li faqat [u], [ү] unlilari bilan -dyp/-
dүp formalarida kelgan (ala + dur, kelә + dur kabi). Boshqa turkiy tillarga oid
17
M. Sh. Ragimov. Formы vыrajeniya nastoyaщego i budeщego vremen v pis`mennыx pamyatnikax
azerbaydjanskogo yazыka XV-XVIII vv. «Yazыkovedcheskiy sbornik». Baku. 1957, s. 214.
33
manbalarda esa lab garmoniyasi talabi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda [ы], [i]
unlilari bilan –bыp/-dup formalarida ham qo‘shilgan. Qiyoslang: It үrәdur, it
ug‘rayadыr, qoy maңraydыr, siir muңraydыr, y’lqы kishnәydir, tauq chakaradыr,
bөru uluydыr, kishi ыnchqaydыr (Kod. kum., 79). Ozarb: chыxadыr, axadыr,
soyadыrlar, chan verәdur, vlәdur, yazadurlar.
18
Eski o‘zbek tilida –a/-ә(-y)+dur affiksli hozirgi zamon fe’liga shaxs-son
affikslarining to‘la formalari qo‘shilgan: aladur-men, aladur-sen, aladur-miz
(aladur-biz), aladur-siz; kelәdur-men, kelәdur-sen, kelәdur-miz (kelәdur-biz), kelә
dur-siz kabi. III shaxs birligi nul’ ko‘rsatkichli bo‘lib, III shaxs ko‘pligi uchun -
lar./-lәr affiksi qo‘shilgan: aladur, kelәdur; aladur+lar, kelәdur + ler kabi.
Aladur+ men tipidagi forma hozir xakas, tuva, sho‘r va boshqa ayrim turkiy
tillarda saqlangan bo‘lib, turli fonetik variantlarda qo‘llanadi.
19
Oltoy tilida bu forma tarkibidagi –dы/-dir (-dur/-dүr) qisqarib, undan [r]
undoshi tushib qolgan: bara-dы-m — «ya obыchno ezju», «ya poedu», bara-dы-
n’, bara-d; bara-dы-bыs, bara-dы- gar, bara-dы-lar.
20
Bu formaning hozir turkman va ozarbayjon shevalarida, shuningdek, folklor
asarlari tilida turli fonetik variantlarda qo‘llanishi ham qayd qilingan.
Hozirgi o‘zbek va boshqa ko‘pchilik turkiy tillarda esa -a/-ә(-y) +dur affiksli
aladur+men tipidagi forma ala+men (olaman) tipidagi hozirgi-kelasi zamon (yoki
hozirgi zamon) fe’liga aylangan.
Aladur+men tipidagi forma eski o‘zbek tilida quyidagi ma’nolarda
qo‘llangan:
1. Hozirgi zamon ma’nosida qo‘llangan: Bu yo‘rtta xabar keldi kim, shah
Mansurnың qыzы Yusuf zaynың malы bilә keledүr (BN, 282).
Dedi: qopg‘ыl! ne yatыb-sen, qopg‘ыl!..
Kimbir atыңnы og‘urlaydurlar,
18
O`sha manba 214.bet.
19
V. G. Karpov.
Iz`yavitel`noe naklonenie v xakasskom yazыke (Kand. diss.), M., 1955, str. 52;F. G. Isxakov, A, A. Pal`mbax.
Grammatika tuvinskogo yazыka. Fonetika i morfologiya, M., 1961, str. 384;
20
N. A. Baskakov.
Altayskiy yazыk, «Yaz. nar. SSSR», II, str. 516.
34
Seni uyqu birlә aldaydurlar (ShN, 192).
Anың qasdi uchun yolg‘a turkmәn tushub, kishi өtkәrmәydүr Uynың chindә
avaz berdilәr: «Negә ichkәri kirmәydүrlәr (TN, 23 a).
Tushkәn-mu madrasag‘a ag‘z-u beliң hadisi?
Har hujradыn chыqardur avaz qiyl-u qala (Furq. 1. 31)
2. Takrorlanib turuvchi, doimiy ish-harakatni ko‘rsatadi:
Qaysыlarnы der edilәr «Tamadur»
Qan alarnың qыlыchыdыn tamadur (ShN, 137).
Ba’zi yerdә shali ekibdүrlәr. Ortasыdыn үch tөrt teg‘irman suv aqыb baradur
(BN, 336).
-a-e(-y)+dur formasidagi fe’llarning bunday qo‘llanishi asosan she’riy asarlar
tili uchun xarakterli bo‘lib, bu ma’no hamisha, doim, har dam, har nafas, payvasta
kabi payt bildiruvchi so‘zlar yordamida yana ham konkretlashadi:
Lutfiyni tirgүzәdur har nafas ul la’l labың,
Ushbu dam ichrә, Musiha, seni-oq kөrdүm, bas
(Lutf., 190 b).
Tөkәdүr qanыmnы har dam kөzlәriң baqыb turub,
Kim nechә yүzүmgә baqqay-sen yыraqdыn telmүrүb
(Nav. ML, 10).
Hamisha әylә meni Munising‘a rahm, ey shox,
Ke qasdы jan qыladur dard-u g‘am hamisha menә.
(Munis, 45).
3. Kelasi zamon ma’nosini ifodalaydi. Lekin aladur + men tipidagi forma bu
ma’noda kam qo‘llangan bo‘lib, ayrim yodgorliklardagina kuzatiladi:
Xan bu sөz birlә urush qыlmaydur,
Cheriki qal’a sarы kelmәydүr (ShN, 69).
Albatt, Sultan Xurasan birlәn yav boladur (Sh. turk, 138).
|