Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/28
tarix16.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#125433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Tadqiqot obyekti: Tadqiqot obyekti mumtoz adabiyotimiz adabiy yozma 
manbalarida mavjud bo‘lgan fe’l zamonlariga tegishli grammatik shakllarni 
to‘plash va shu asosda muayyan bir xulosalarga kelish ishning obyekti hisoblanadi. 
Tadqiqotning predmeti: Tadqiqotning predmetini A.Navoiy, Lutfiy, 
Sakkokiy va boshqa adiblarimizning asarlarida mavjud bo‘lgan o‘tgan, hozirgi va 
kelasi zamon fe’l shakllariga doir bo‘lgan va to‘plangan materiallarni lisoniy tahlil 
qilish, ularga sharhlar berish va ularning taraqqiyot tendensiyalarini hozirgi davrga 
xos bo‘lgan grammatik shakllar bilan qiyoslagan holda ma’lum bir xulosalarga 
kelish uning predmetini tashkil qiladi. 
Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari: Tadqiqotning 
metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasi Milliy mustaqilligi g‘oyalari va 
mafkurasida bayon qilingan fikr va qarashlar tashkil qiladi va shuningdek 
prezidentimiz tomonidan hozirgi davrda ilgari surilayotgan o‘tmish milliy-madaniy 
yodgorliklariga munosabat, milliy meroslarni asrab avaylash, xalqimiz tarixiga va 
tiliga tegishli manbalarni sinchiklab o‘rganish kabi masalalar tashkil qiladi. 
Shuningdek unda lisoniy tahlil, qiyoslash, tavfsiflash, ilmiy bayon qilish usullari 
keng qo‘llaniladi. 
Ishning ilmiy yangiligi: 
Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 



- Malakaviy ishda birinchi bor o‘tgan zamon fe’l shakllarining tilimiz tarixida 
qanday shakllarga ega bo‘lganligi, ularning taraqqiyot tendensiyalari to‘plangan 
materiallar asosida to‘la izohlanadi va ko‘rsatib beriladi; 
- mumtoz adabiyotimizga xos bo‘lgan yodgorliklarda hozirgi zamon fe’l 
shakllarining ishlatilishi bo‘yicha materiallar to‘plandi va ular mavjud ilmiy 
adabiyotlarga tayangan holda tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etildi; 
- ishda hozirgi va hozirgi kelasi zamon fe’l shakllariga xos bo‘lgan grammatik 
shakllar yozma yodgorliklar tilidan to‘plandi va ular shakl va mazmun birligida 
lisoniy tahlil etildi; 
ular qiyosiy planda hozirgi zamon fe’l shakllari bilan taqqoslandi va ularning 
tarixiy taraqqiyot bosqichlari ko‘rsatib berildi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin