2.2. -a\-e(-y) affiksli ravishdosh asosida yasalgan hozirgi zamon fe’lining
evolyutsiyasi haqida
Hozirgi o‘zbek va boshqa ko‘pchilik turkiy tillarda «hozirgi-kelasi zamon»
nomi bilan ataluvchi alaman (olaman) tipidagi forma tarixan ala + turur + men
tipidagi formadan kelib chiqqan.
Keyingisi o‘z navbatida tasviriy (analitik) yo‘l
bilan yasalgan bo‘lib, ikki mustaqil komponentning birikuvidan tashkil topgan:
1) ravishdoshning -a/-e(-y) affiksli formasi; 2) tur- holat fe’lining hozirgi-kelasi
zamon sifatdosh formasi ( + -shaxs-son affiksi). Demak, alaman tipidagi hozirgi-
kelasi zamon fe’li tarixan ravishdosh emas, balki sifatdosh formasiga shaxs-son
affikslari qo‘shilishi yo‘li bilan hosil bo‘lgan. Lekin sifatdosh ko‘rsatkichi fe’l
negiziga bevosita emas, balki (ravishdosh ko‘rsatkichi + ) tur- holat fe’li orqali
qo‘shilgan (al + a + tur+ur>ala + turur).
Ala + turur+men tipidagi formaning taraqqiyoti va uning ala+men (alaman)
tipidagi formaga aylanishida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lgan:
1. Dastlabki qo‘llanishda ala + turur + men formasi tarkibidagi
komponentlarning har biri ma’lum darajada o‘zining leksik-grammatik
mustaqilligini saqlagan: birinchi komponent(ala) ish-harakatning nutq momentida
mavjudligini, ikkinchi komponent (turur) esa nutq momentida ish-harakatning
bajarilish protsessida ekanini, davom etib turganini ko‘rsatadi. Demak, ala + turur
+ men tipidagi forma dastlabki qo‘llanishida ikki tushunchani, ya’ni zamon va vid
38
(nutq momentida ish-harakatning bajarilish protsessida ekani, davom etib turgani)
tushunchalarini ifodalagan. Qeyinchalik bu formaning komponentlari o‘rtasida
o‘zaro bog‘lanish mustahkamlana boradi va ular bir butun analitik
konstruktsiyaning ajralmas qismlariga aylanadi. Natijada bu formada vid
tushunchasi asta-sekin kuchsizlana boradi va zamon tushunchasi ustunlasha boradi.
Shunday qilib, bu forma zamon ma’nosini ifodalovchi vosita sifatida shakllana
boshlaydi. Bu formadagi semantik o‘zgarish uning strukturasiga ham ta’sir etadi:
ikkinchi komponent (turur) o‘zining mustaqilligini yo‘qotib, birikmaning
yordamchi elementiga aylanadi va undan hozirgi-kelasi zamon sifatdosh
ko‘rsatkichi -ur tushib qoladi, ya’ni unda grammatikalizatsiya hodisasi yuz beradi
(ala turur men [>ala durur men]>aladur-men).
Yozma yodgorliklarning ko‘rsatishicha, ala + turur + men tipidagi formaning
aladur + men tipidagi formaga o‘tish protsessi XIII—XIV asrlardan boshlangan.
O‘g‘uz va qipchoq gruppalaridagi turkiy tillarda bu protsess XIV asrdayoq asosan
tugallangan.
2. Ko‘pchilik turkiy tillarda, shu jumladan, o‘zbek tilida aladur+men tipidagi
formaning formal o‘zgarishi yana davom etib, uning tarkibidan I va II shaxslarda
-dur formasi butunlay tushib qolgan va ala+men tipidagi formaga aylangan. III
shaxsda esa, yuqorida qayd qilinganidek, -dur saqlangan bo‘lib, keyinchalik uning
tarkibidan oxirgi [r] undoshi tushib dolgan. Masalan, o‘zbek tilida:
aladur>aladыr>aladы,
aladurlar>aladыrlar>aladыlar
(hozirgi
o‘zbek
tilida:oladi, oladilar).
Yozma yodgorliklar va hozirgi turkiy tillarda mavjud bo‘lgan faktlarning
ko‘rsatishicha, aladur+men tipidagi formaning taraqqiyoti va uning ala+men
tipidagi formaga o‘tishi hamma turkiy tillarda bir xil planda sodir bo‘lgan emas.
Bu jihatdan turkiy tillarni shartli ravishda quyidagi uch gruppaga bo‘lish mumkin:
a) turkiy tillarning bir gruppasida, masalan, xakas, tuva, sho‘r tillarida bu forma
tarkibidagi -dur formanti -dыr/-dir formasida hozir ham saqlangan. Oltoy tilida esa
oxirgi [r] undoshi tushib, -dы/-di (bara-dыm) formasida saqlangan. Bu forma
ushbu tillarda hozirgi-kelasi zamon fe’li sifatida shakllangan;
39
b) turkiy tillarning yana bir gruppasida, asosan, o‘g‘uz gruppasida
Dostları ilə paylaş: |