2.3 -g‘ayaffiksli forma Bu forma tarixan qipchoq va qorluq gruppasidagi turkiy tillar, shu jumladan,
o‘zbek tili uchun xarakterli bo‘lgan, qadimgi uyg‘ur tiliga oid manbalarda ham
aktiv iste’molda bo‘lgan. O‘rxun tekstlarida uchramaydi, enisey tekstlarida esa, I.
A. Batmanovning kuzatishiga ko‘ra, er- to‘liqsiz fe’li bir martagina shu formada
qo‘llangan: «V eniseyskix tekstax vstretilsya, lish’ odin takoy primer: R’G‘Y —
ergey — xorosho bы, chtobы bыlo».
27
-g‘ay affiksli forma hozir asosan Oltoy va Sibirdagi tuva, oltoy, to‘falar,
xakas, sho‘r va boshqa turkiy tillar uchun xarakterli bo‘lib qipchoq va qarluq
gruppasidagi turkiy tillarda ham ma’lum darajada qo‘llanadi. O‘g‘uz gruppasidagi
turkiy tillarda qo‘llanmaydi, bu tillarga oid bo‘lgan yozma yodgorliklar tili uchun
ham xarakterli bo‘lmagan. Lekin shu gruppaga mansub bo‘lgan turkman tili
bundan mustasno. Turkman tiliga oid bo‘lgan yozma yodgorliklarda bu forma
ancha aktiv iste’molda bo‘lib, hozir turkman shevalarining ayrimlarida qo‘llanadi.
Bu hol turkman tilining qipchoq va qorluq gruppasidagi turkiy tillar bilan
qadimdan yaqin aloqada bo‘lib kelganligi va bu tillarning turkman tiliga ta’siri
natijasi ekanligi shubhasizdir.
Eski o‘zbek tilida -g‘ay affiksi jarangli [g‘], [g] undoshlari bilan boshlanuvchi
–g‘ay/gәy va jarangsiz [q], [k] undoshlari bilan boshlanuvchi -qay/-kәy variantlarida qo‘llangan. Bulardan qaysi birining ishlatilishi shu affiksni qabul
27
I. A. Batmanov.
Yazыk eniseyskix pamyatnikov drevnetyurkskoy pis`mennosti, Frunze, 1959, str. 87.
47
qilgan fe’l o‘zagining qattiq yoki yumshoqligiga, shuningdek, fe’l oxiridagi
undosh tovushning jarangli yoki jarangsiz bo‘lishiga bog‘liqdir. Jarangsiz undosh
va jarangli [g‘] undoshi bilan tugagan qattiq o‘zakli fe’llarga -qay, jarangsiz
undosh va jarangli [g] undoshi bilan tugagan yumshoq o‘zakli fe’llarga, -kәy varianti, qolgan o‘rinlarda -g‘ay/-gәy variantlari qo‘shilgan: qorq + qay, yap + qay, sach + qay, yarut+qay, tuq + qay (), tөk + kәy, yet + kәy , tuk + kәy ( gәy kabi. «Qutadg‘u bilig», «Devonu lug‘otit turk» asarlarida jarangsiz -qay varianti faqat jarangli [g‘] undoshi bilan tugagan qattiq o‘zakli fe’llarga (sag‘+qay, ag‘ + qay), jarangsiz -kәy varianta jarangli [g] undoshi bilan tugagan yumshoq
o‘zakli fe’llarga (teg + kәy, eg + kәy), boshqa o‘rinlarda esa jarangli –g‘ay /-gәy variantlari qo‘shilgan. XI asr tilida bu affiks variantlarining shu xilda
qo‘llanganligini Mahmud Qoshg‘ariy ham qayd qilgan. Aftidan, bu affiks dastlab
faqat jarangli -g‘ay/-gәy variantlarida qo‘llangan bo‘lib, uning jarangsiz -qay/-kәy variantlari so‘ng paydo bo‘lganga o‘xshaydi.
Eski o‘zbek tilida -g‘ay(-gәy, -qay, -kәy) affiksi oxirgi [y] undoshisiz -g‘a(-gә, -qa, -kә) formasida ham qo‘llangan. Lekin keyingisi she’riy asarlar tili uchun xos
bo‘lib, I va II shaxslarning birlik va ko‘plik formalarida qo‘llangan.
-g‘ay affiksining -g‘a formasida qo‘llanishi XI—XIV asrlarga oid
yodgorliklardan «Qutadg‘u bilig» va «Xisrav va Shirin» asarlari tili uchun ham
xarakterli bo‘lib, bu asarlarda keyingisi III shaxs formasida ham ancha keng
qo‘llangan:
Seңә men kәrәkiң baqa turg‘a-mәn, Qamug‘ ishlәriңni sәvә qыlg‘a-mәn (QB, 26 a).
Igin әzgү bolg‘a, әsәn bolg‘a-sәn, Yazuqun arыg‘ay, muyan bulg‘a-sәn (QB, 215a)