Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə18/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Mavzuga oid muammolar:
1. Tilshunoslikda so’z birikmasiga bir qancha ta’rif berilgan. Mana ulardan biri: Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zlardan birining ikkinchisiga grammatik jihatdan tobelanishidan hosil bo’lgan birikma so’z birikmasi deyiladi. Siz ushbu ta’rifga qanday qaraysiz? Sizningcha, so’z birikmasiga yana qanday ta’rif berish mumkin.
2. Tilda so’z birikmasiga o’xshash bir qancha hodisalar mavjud. Qo’shma so’zlar, ko’makchi fe’lli qurilmalar, iboralar ana shular jumlasidandir. Bu til birliklari ham kamida ikki so’zning birikuvidan hosil bo’lgan. Bas, shunday ekan, ular ham so’z birikmasi hisoblanishi kerak emasmi? Ular nima uchun so’z birikmasi hisoblanmaydi? Ularni so’z birikmasidan farqlashning eng oson yo’li ko’rsating.
3. Hozir til va nutq farqlanyapti. Shunga ko’ra, hozirda so’z birikmasining ikki xil ta’rifi ishlab chiqilgan deyish mumkin. Sizningcha, qaysi ta’rif afzal? Fikringizni asoslab bering. Umuman, shunday yo’lini tutishga qanday qaraysiz?
1-savol: So’z birikmasi sintaktik qurilmaning bir ko’rinishi sifatida.
Darsning maqsadi: Sintaktik qurilmalar va so’z birikmasining sintaktik qurilmalarning bir ko’rinishi ekanligi to’g’risida aniq tushuncha hosil qilishga erishish.
Indentiv o’Quv maQsadlari:

    1. Sintaktik qurilmalarning turlarini aytib beradi

    2. So’z birikmasi sintaktik qurilmalarning bir turi ekanligini asoslab beradi.

    3. Sintaktik birliklar doirasidan so’z birikmasini ko’rsatib beradi.

    4. Berilgan matnni sintaktik qurilmalar bo’yicha tasnif qiladi.

    5. Sintaktik qurilmalarning umumiy xususiyatlari to’g’risida xulosalar chiqaradi.

    6. So’z birikmasining sintaktik qurilmalar va sintaktik birikmalar doirasidagi o’rni va roliga baho beradi.

1-savol bayoni:
Sintaksisning asosiy tekshirish ob’ekti sintaktik qurilmalardir. So’z birikmasi ham sintaktik qurilma. Shuning uchun so’z birikmasi haqida gapirishdan oldin sintaktik qurilma tushunchasini aniqlab, chegaralab olish lozim.
Har qanday so’z bog’lanmasi sintaktik qurilma hisoblanavermaydi. O’rinbosar (qo’shma so’z), ishlab chiqarish birlashmasi (turg’un birikma), og’a-ini (juft so’z), misi chiqdi (frazeologik birlik) tipidagi bog’lanmalar lug’aviy birliklar hisoblanadi. Maktab tomon, dadam bilan, vatan uchun, o’qib chiqdi kabi ifodalar ham sintaktik qurilma sanalmaydi. Bular mustaqil so’z bilan ko’makchining qo’shilishidan hosil bo’lgan so’zning analitik shakli, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidir. Yuqoridagilarning hammasi bir necha so’zlardan tashkil topgan bo’lsa-da, ular bo’laklarga bo’linmaydigan bog’lanmalar, so’z shakli holatidagi til birliklaridir. Ular nutqda ham, nutqdan tashqarida ham shunday shaklda mavjuddirlar. Sintaktik birliklar, qurilmalar esa nutq jarayonida ma’lum grammatik qoidalar asosida hosil bo’lgan, bo’laklarga bo’linuvchi bog’lanmalar yoki o’ziga xos semantik – sintaktik, intonatsion sifatga ega bo’lgan alohida so’zlardir. Mayli. Xo’p. Bahor. Kuz. Tun kabilar.
Sintaktik qurilmalar uch xil ko’rinishga ega: bir so’zli qurilmalar, ikki so’zli qurilmalar, ko’p so’zli qurilmalar.
Bir so’zli sintaktik qurilma ko’pincha bitta mustaqil ma’noli so’z bilan ifodalanadi va so’z –gap, bir so’z shaklidagi atov, vokativ gaplarni, shuningdek, «Eshitdim» tipidagi bir bosh bo’lakli gaplarni o’z ichiga oladi.
Ikki so’zli sintaktik qurilmalar yo sodda so’z birikmasidan (Vatanni sevmoq, ona mehri, chiroyli qiz), yoki sodda yig’iq gapdan(Vatan yagonadir. Havo isib ketdi)tashkil topadi.
Ko’p so’zli sintaktik qurilmalar esa ikkitadan ortiq mustaqil so’zning birikishidan hosil bo’lgan murakkab so’z birikmasi va yoyiq sodda gaplardan iborat: Etmishlarga borib qolgan chol. Biz o’z vatanimizni sevamiz.
Ko’rinadiki, so’z birikmasi ikki so’zli va ko’p so’zli sintaktik qurilmalarning o’ziga xos ko’rinishlaridan biridir.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin