Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə20/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar:
2.1.1. So’z birikmasining ta’rifi.
2.1.2.So’z birikmasining asosiy leksik –grammatik xususiyatlari.
2.1.3.So’z birikmasi komponentlari asosan qanday usullar yordamida bog’lanadi?
3-savol: So’z birikmasining tarkibiy qismlari.
Darsning maqsadi: So’z birikmasi tarkibiy qismlarining belgi – xususiyatlari, tobelik va hokimlik haqida aniq tushuncha hosil qilish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
3.1. So’z birikmasi qanday komponentlardan tashkil topganini aytib beradi.
3.2.So’z birikmasi komponentlarining tobelik va hokimlik mavqelarini izohlab beradi.
3.3. So’z birikmasidagi hokim va tobe komponentlarni ko’rsatib beradi.
3.4.So’z birikmasi komponentlarini ajratib beradi.
3.5.So’z birikmasidagi hokim va tobe komponentlarga ta’rif beradi.
3.6 So’z birikmasining hokim komponenti bilan besh kelishikdagi otni taqqoslaydi.
3-savol bayoni:
So’z birikmasida komponentlarning biri tobe (ergash komponent), ikkinchisi hokim (bosh komponent) hisoblanadi. Bundagi hokim-tobelik bog’lanmaning xarakteridan: boshqaruvchi so’zning semantikasi, so’z formasi va so’z tartibidan anglashilib turadi. Morfologik ko’rsatkichlar bo’lmaganda tobe-hokimlik leksik-semantik holatdan, bog’lanishning xarakteridan, tartibdan, intonatsiyadan bilinib turadi. Masalan: kulib gapirmoq (tobe-hokim), aytgan kitobing(tobe-hokim), beshta daftar (tobe-hokim).
Tobe-hokimlik mutlaq va nisbiy bo’lishi mumkin. Birikma ikki komponentdan iborat bo’lsa, tobe-hokimlik mutlaq bo’ladi: mehribon ona (mehribon –mutlaq -tobe), ona-mutlaq hokim. Birikma uch yoki undan ortiq komponentdan iborat bo’lsa, hokim-tobelik nisbiy bo’lishi mumkin. Masalan: paxta gulli piyola. Birikmadagi gulli komponenti paxta komponentiga nisbatan hokim, piyola komponentiga nisbatan esa tobedir. Shuningdek, yog’och karavotdagi odam birikmasidagi karavotdagi so’zi yog’och so’ziga nisbatan hokim, odam so’ziga nisbatan esa tobe hisoblanadi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin