Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


So’z birikmalarining tuzilishiga ko’ra turlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə24/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

So’z birikmalarining tuzilishiga ko’ra turlari. Har qanday sintaktik qurilma singari so’z birikmasi ham tuzilishiga ko’ra ikkiga bo’linadi.
1.Sodda so’z birikmasi. 2. Murakkab so’z birikmasi.
SODDA SO’Z BIRIKMASI. Sodda so’z birikmasining asosan quyidagi ko’rinishlari bor: a) sifat ­- ot : yaxshi kitob b) ravish-fe’l: tez gapirmoq.v) ot-ot: tilla uzuk, onamning mehri g) ot-fe’l : magazinga bormoq.
Ko’rinadiki, tobe va hokim komponenti bittadan mustaqil so’zdan tashkil topgan birikmalar sodda birikmalar hisoblanadi. Buni inkor qilib bo’lmaydi, lekin sodda so’z birikmasi tushunchasi shu bilan chegaralanmaydi. Sodda so’z birikmasining har ikki komponenti yoki ulardan biri qo’shma so’z, so’zning analitik shakli. juft so’z, takror so’z bo’lishi mumkin. Har ikki komponenti qo’shma so’z bo’lib keladi: Mehnatsevar o’rinbosar, o’rinbosarning qo’lqopi kabi.
Bir komponenti qo’shma so’z bo’lib keladi: beshiktervatarning likillashi,havorang ko’ylak, rektorning o’rinbosari kabi.
Har ikki komponent juft so’z bo’lib keladi: o’g’il-qizlarimizning baxt-saodati: ota-onamning qarindosh-urug’i kabi .
Bir komponenti juft so’z bo’lib keladi: baxt-saodat tilamoq,og’a-inilarga aytmoq. Har ikki komponent takror so’z bo’lib keladigan sodda so’z birikmasi deyarli uchramaydi, biroq bir komponenti takror so’z bo’lib keladigan so’z birikmasi kuzatiladi, lekin shunisi borki, bunda tobe komponent takrorlanib keladi: asta-asta gapirmoq, yurib-yurib etmoq, yum-yum yig’lamoq, asta-asta chaqirmoq, shiq-shiq tugma, gala-gala chumchuqlar kabilar.
Har ikki komponent analitik shakl bo’lib keladi : men uchun aytib bering, o’zingiz uchungina o’ylab ko’ring, fe’l haqida gapirib qo’ya qoling kabi. Bir komponent (tobe yoki hokim) analitik shakl bo’lib keladi: shundan beri o’ylanmoq, vatan haqida suhbatlashmoq, yolg’iz turib qolmoq, chidamay turib ketmoq kabi. Bulardan tashqari, to’rt qavatli bino, besh yashar bola, uzun bo’yli yigit, yarim soatda etmoq, til oldi undoshi kabi birikmalar ham sodda so’z birikmalari qatoriga kiradi, chunki bu erdagi “to’rt qavatli”, ”besh yashar”, ”uzun bo’yli,” “yarim soatda” birikmalari bir so’z hukmida, ajralmas aniqlovchi sifatida qaraladi, ikkinchidan, ular ishtirokida tuzilgan so’z birikmalar qavatli bino, yashar bola, bo’yli yigit, soatda etmoq kabi birikuvlar tarzida deyarli ishlatilmaydi. So’z birikmasi komponenti frazeologik ibora bilan, turg’un birikma bilan, sostavli nom bilan ifodalanganda ham, sodda hisoblanadi. Masalan : Qo’li engil shifokor, yolg’iz oyoq yo’l, borsa-kelmas oroli, “Ming bir kecha” hikoyasi kabilar. Bu birikmalardagi “qo’li engil”, “yolg’iz oyoq”, “borsa kelmas”, “Ming bir kecha” ifodalari ajralmas tobe komponentlardir, ular yaxlit holda (qo’li engil shifokor, yolg’iz oyoq yo’l, borsa kelmas oroli, “ming bir kecha”ertagi tarzida) bosh so’zni aniqlab, tobelanib keladi.
Demak,tobe va hokim komponentlar ikki mustaqil so’zdan, shuningdek, bir so’z yoki bir so’z shakli hukmida qabul qilinadigan frazeologizmlar, turg’un birikmalar, tarkibli nomlar bilan ifodalangan so’z birikmalari sodda so’z birikmalari hisoblanadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin