Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə28/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

FE’LLI SO’Z BIRIKMALARI
Hokim komponenti barcha turdagi tuslanadigan fe’l shakllari, ravishdosh, sifatdoshlar bilan ifodalangan birikmalar fe’lli so’z birikmalari hisoblanadi: kitobni o’qidi-kitobni o’qigan-kitobni o’qib-kitobni o’qiguncha-kitobni o’qigach-kitob haqida gapirdi-kitob haqida gapirgan-kitob haqida gapirgach kabi. Fe’lli so’z birikmalari otli so’z birikmalardan farqli o’laroq moslashuvli birikma shaklida kuzatilmaydi. Fe’lli so’z birikmalari ikki katta guruhga bo’linadi:

  1. Bitishuvli birikmalar .

  2. Boshqaruvli birikmalar.

BITIShUVLI FE’LLI BIRIKMALAR
Tobe komponent hokim komponent fe’lga harakat belgisini bildiruvchi sifat, ravish, ravishdoshlar orqali hech qanday qo’shimcha olmay tartib va intonoatsiya orqali birikib kelsa, bitishuvli fe’lli birikmalar hosil bo’ladi. Masalan: Dadajonga ishonmang, yomon qaridi u (I.Raxim)Normat to’y egasi bilan xayrlashgach, tez chiqib ketdi. O’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir.
Ot, olmosh va otlashgan so’zlar turli yasovchilar vositasida ravishga aylanadi va fe’lga bog’lanib bitishuvli birikma hosil qiladi. Uning ko’zlari paxsa devorga munchoq qadalganday yiltirar edi. Saidaning o’z fikrida turib olishiga Qalandarov o’zicha ma’no berdi. Buni Ochil buva haligacha bilmaydi. U otasidan yashirincha xotinini ko’rib ketardi. Tobe komponenti – a, -y, -b, -ib, -gani, -gach, -guncha qo’shimchali ravishdosh, -r, -ar, -mas qo’shimchali sifatdosh, takror qo’llangan taqlidiy so’zlar bilan ifodalangan fe’lli birikmalar ham bitishuvli birikmalar hisoblanadi. Masalan : U maktabdan kela solib o’qishga kirishadi. Kifoyatxon … yosh qizday uyala-uyala zinadan chiqib keldi. Hammasi senga- toyguningcha eyaverasan. Saida eshitilareshitilmas: Ayol boshim bilan, dedi-yu, u yog’ini aytmadi. Nigor oyim dasturxon yozib tovoqni Anvarning oldiga qo’yar ekan, birdan piq-piq yiglab yubordi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin