Odatda, so’z birikmasida oldingi so’z tobe, keyingi so’z hokim vaziyatda bo’ladi.
Tobe so’z ham, hokim so’z ham turli ma’noli mustaqil so’zlardan bo’lishi mumkin.
|
Otli birikma:
A) hokim so’z ot, tobe element ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, infinitiv, ravish va mimemalar bilan ifodalanadi.
B) hokim so’z sifat, tobe so’z ot, olmosh, son kabilar bilan ifodalanadi.
V) hokim so’z olmoshdan
G) hokim so’z sondan
D) hokim so’z undovdan
E) hokim so’z bor, yo’q so’zlari bilan ifodalanadi.
2.Fe’lli birikma:
Hokim so’z fe’l bilan, tobe so’z esa ot, olmosh, sifat, ravishlar bilan ifodala-nadi.
3.Ravishli birikma:
Hokim so’z ravish bilan, tobe so’z esa ot, olmosh va otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi.
|
Otaning vasiyatlari, keng dala, ochilgan gullar, uchta olma, shu uy, o’qimoq orzusi, o’zbekcha maktab, shivir-shivir gap.
Nomus o’limdan qattiq. Ahmoq do’st yovdan yomon. Baliq suv bilan tirik. Toshdan qattiq, Oltindan qimmat.
Saylovchilarning hammasi ovoz berishda qatnashdi.
O’quvchilarning uchtasi musobaqada g’olib chiqdi.
Oyimga ko’pdan-ko’p salom.
Dadangda ishim bor. Latofatdan darak yo’q.
Vazifani bajarmoq, she’rni yozmoq, kitobni o’qimoq, seni chaqirmoq, yayov yurmoq, o’qishga bormoq, yaxshi ishlamoq.
O’qdan tez, do’stlardan o’zoq, haqiqatga yaqin, barchaga baravar, har kungidan kechroq.
|