Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


ANIQLOVChILI SO’Z BIRIKMALARI



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə31/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

ANIQLOVChILI SO’Z BIRIKMALARI. Aniqlovchili so’z birikmalari so’z birikmalari sistemasida nihoyatda keng tarqalgan va faoldir. Aniqlovchili birikmalarning tiplari ham nihoyatda rang-barang bo’lib, turli so’z turkumlari bilan ifodalanadi va har xil shakliy ko’rinishga ega. M a s a l a n : 1. Sifat-aniqlovchili birikmalar: yaxshi niyat, yoqimli shabada, kamtar inson,

  1. Ot aniqlovchili birikmalar: taxta ko’prik, mustaqillik sharofati .

  2. Son-aniqlovchili birikma: uchinchi kurs, ettinchi tramvay, beshta daftar.

  3. Olmosh- aniqlovchili birikmalar: bu yo’l, ana shu vazifa, hamma odam .

  4. Ravish -aniqlovchili birikmalar : oz so’z, ko’p gap .

  5. Sifatdosh -aniqlovchili birikma: ko’tayotgan qalb, kelayotgan yil, oqar suv.

  6. Taqlid so’z- aniqlovchili birikma: g’ir-g’ir shabada, piq-piq yig’i, lim-lim suv.

  7. Undov so’z-aniqlovchili birikmalar : “ura” sadolari, ox-vox ovozlar.

Aniqlovchili so’z birikmasi o’z ichida ikkiga bo’linadi:

  1. Sifatlovchi aniqlovchili birikmalar .

  2. Qaratqich aniqlovchili birikmalar.

Sifatlovchi-aniqlovchili so’z birikmalarining tobe komponenti sifat, sifatdosh, ot, olmosh son, ravish, taqlidiy so’zlar, frazeologizmlar bilan ifodalanadi. Tuzilishiga ko’ra ular mustaqil so’z, birikma, gap shakllarida bo’ladi.
Masalan: oppoq qor, omadi yurishmagan odam, ichimdan top qiz, ko’ngli tor rahbar, no’noq mutaxassis kabi.
Qaratqich aniqlovchili so’z birikmalarining tobe komponenti ko’proq ot bilan yoki otlashgan so’zlar, frazeologizmlar bilan ifodalanadi. Masalan: Shaharning havosi, hafsalasi pir bo’lganning ishi, yaxshining sharofati, birining gapi, ko’pning oshi.
Ikki qaratqich ketma-ket kelganda, birinchisi belgisiz qo’llanilishi mumkin, lekin bu barcha holatlarga taalluqli emas. Ba’zan qaratqich qo’llanmasligining iloji bo’lmaydi. Masalan: Qiyoslang: Karimning akasining qizlarining to’yi – Karim akasining qizlarining to’yi – Karimning akasi qizlarining to’yi – Karimning akasining qizlari to’yi. So’nggi holatning bo’lishini tasavvur qilish qiyin.
Aniqlovchili so’z birikmalarining yana bir turi izohlovchili so’z birikmalaridir. Bunda bir ot ikkinchi otni uning boshqacha nomi, atamasi sifatida aniqlab izohlab keladi. Natijada, izohlanmish ma’lum xarakteristikaga ega bo’ladi. Musa Toshmuhammad o’g’li- Oybek she’r o’qidi. Professor A.Quljonov – katta olim. Izohlovchili so’z birikmalarining ikki turini ajratish mumkin: a) mustaqil izohlovchili so’z birikmalari,
b) mustaqil bo’lmagan izohlovchili so’z birikmalari.
Birinchi tur birikmalarda izohlovchilar izohlamishdan keyin keladi. Biz-qizlar uni kuzatib yurardik. Olimjon istardiki, bu odam, jamoa raisi, mahallaga qadam qo’yish bilanoq qishloqning markaziga, ulug’ bir makonga kelganini payqasin. Ikkinchi tur izohlovchili birikmalarda izohlovchi izohlanmish ot bilan juda zich bog’lanadi, bir tomondan, uning sifatlovchisi kabi qo’llanadi, ko’p o’rinlarda aniqlovchi (sifatlovchi) bilan izohlovchi orasidagi chek yo’qoladi (Akademik A.A.Shaxmatov). Bunday hollarda izohlovchi sifatlovchidan otlik xususiyati va o’ziga maxsus sifatlovchi qabul qila olish xususiyati bilan farqlanadi. Izohlovchili birikmalarda ko’pincha atoqli ot bilan turdosh ot bog’lanib keladi, bunda turdosh ot izohlovchi sanaladi. Masalan: General Rahimov mukofotlandi. Dotsent To’ychiboev - til tarixi bilimdoni. O’rinboy tog’am sizni yo’qladi.
TO’LDIRUVChILI SO’Z BIRIKMALARI. Tobe komponenti tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi yoki ko’makchilar bilan birga hokim komponentga bog’langan ob’ektni bildirgan birikmalar to’ldiruvchili birikmalar hisoblanadi. To’ldiruvchili birikmalar ikkiga bo’linadi: a) vositasiz to’ldiruvchili birikmalar; b) vositali to’ldiruvchili birikmalar;
Vositasiz to’ldiruvchili birikmalarda tobe komponent tushum kelishigi formasida, belgili yoki belgisiz holda qo’llanadi. Masalan: Vatanni sevmoq, anor termoq, taom emoq, ekinni yig’ishtirmoq kabi.
Vositali to’ldiruvchili so’z birikmalarida tobe komponent jo’nalish,o’rin-payt,chiqish kelishigi qo’shimchalari yoki ko’makchili konstruktsiyalar bilan kelib, hokim komponentga bog’lanadi. Masalan: Vatan haqida qo’shiq, onamga xat,televizorga qaramoq, telefon orqali gaplashmoq, hech kimga kerak emas.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin