Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


-mavzu: Gaplarning tasnifi: Gaplarning tuzilishiga ko’ra tasnifi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə50/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

7-mavzu: Gaplarning tasnifi: Gaplarning tuzilishiga ko’ra tasnifi .
Ajratilgan vaqt: 2 soat
Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar
1. Gaplarning tuzilishiga ko’ra tasnifi.
2.Sodda gapning tuzilishiga ko’ra tasnifi:
2.1.Bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra.
2.2. Ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etishi etmasligiga ko’ra.
2.3.Zarur bo’laklarning ifodalanishi - ifodalanmasligiga ko’ra.
2.4.Bo’laklarga ajralish - ajralmasligiga ko’ra.
3. Qo’shma gaplarning tuzilishiga ko’ra tasnifi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar.
Gaplarning tasnifi. Tasnif tamoyillari va mezonlari. Gapning ma’no – vazifa belgisi. Tuzilish belgisi. Sodda gap va qo’shma gap. Sodda va qo’shma gapda tarkibiy xususiyat. Sodda gapning tuzilish belgisi. Gapning bosh bo’lagi. Bosh bo’lakning miqdori. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari. Gapning zarur bo’laklari. Gapning bo’laklaga ajratilishi, bo’laklarga ajratimasligi.
Mavzuga oid muammoli savollar:
1. Hozirgi kunda gap bir necha nuqtai nazardan tasnif qilinadi. Siz qaysi tasnifni asosiy deb o’ylaysiz? Nima uchun?
2. Bizningcha, sodda gap, qo’shma gap atamalari hodisaga-gaplarning tuzilishiga to’la muvofiq kelmaydi. Chunki mazkur tasnifga ko’ra Borsam, yo’q ekansiz gapi qo’shma gapga, Akam aytgan qiz bilan tanishgach, turmush qurishga qaror qildim gapi sodda gapga kiritiladi. Siz shu haqda qanday fikrdasiz?
1- masala: Gaplarning tuzilishiga ko’ra tasnifi.
Darsning maqsadi: talabalarda gaplarni tasnif qilishda nimalarga e’tibor berilishi, tuzilish belgisi, gapning grammatik asosi, sodda gap va qo’shma gap, bir bosh bo’lakli, ikki bosh bo’lakli, yoyiq, yig’iq, to’liq-to’liqsiz, so’z-gaplar, ikki komponentli qo’shma gaplar, ko’p komponentli qo’shma gaplar to’g’risida tushuncha hosil qilish.
Identiv o’Quv maQsadlari:
1.1 Gaplarning nimalar asosida tasnif qilinishini aytib beradi.
1.2 Gaplarning tuzilishiga ko’ra dastlab necha turga bo’linishini aytib beradi.
1.3 Sodda va qo’shma gaplar qaysi jihatdan farqlanishini biladi.
1.4 Sodda gaplarni tuzilishiga ko’ra tasnif qilishda nimalarga e’tibor berilishini aytib beradi.
1.5 Sodda gaplarning tuzilishiga ko’ra turlarini sanaydi.
1.6 Qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linishini aytib beradi.
1.7 Matndagi sodda va qo’shma gaplarni aniqlab beradi.
1.8 Sodda gaplarni va qo’shma gaplarni qurilish materiali asosida tahlil qiladi.
1.9 Berilgan so’zlar yordamida sodda va qo’shma gaplar tuzadi.
1.10 Sodda va qo’shma gaplarga nutqda qo’llanishiga ko’ra baho beradi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin