Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə54/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar:
1.Bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra sodda gaplar necha turga bo’linadi?
2.Ikki bosh bo’lakli va bir bosh bo’lakli gaplarning o’ziga xos xususiyatlari nimalarda ko’rinadi?
2.2 - masala: Sodda gaplarning ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etish-etmasligiga ko’ra turlari.
Darsning maqsadi: talabalarda yoyiq va yig’iq gaplar to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
Identiv o’Quv maQsadlari.
1. Ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etish-etmasligiga ko’ra sodda gapning turlarini aytib beradi.
2. Yoyiq va yig’iq gaplarni qiyosiy tavsiflaydi.
3. Yoyiq va yig’iq gaplarni topib beradi.
4. Yoyiq va yig’iq gaplarning turli ko’rinishlarini ko’rsatib beradi.
5. Mustaqil holda yoyiq va yig’iq gaplar tuzadi.
2.1.2- masala bayoni:
Ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra gaplar yig’iq va yoyiq sodda gaplarga bo’linadi.
Yig’iq sodda gaplar faqat bosh bo’laklarning o’zidangina iborat bo’ladi. Yig’iq sodda gapning uch xil ko’rinishi bor:
A) ega va kesimning o’zidan tashkil topgan gaplar. Bahor keldi. Otam-o’qituvchi.
B) kesimning o’zidangina tashqil topgan fe’l asosli sodda gaplar: Chekilmasin. Shovqin qilmang.
V) kesimning o’zidangina tashkil topgan ot asosli gaplar:
Tun. Kuz. Urush.
Bosh bo’laklardan tashqari ikkinchi darajali bo’laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq sodda gaplar hisoblanadi. Buning asosan uch xil ko’rinishi bor: A) ega-to’ldiruvchi (hol) kesim; B) to’ldiruvchi (hol)- kesim; V) aniqlovchi-bosh bo’lak Masalan: Ziyodulla yozishni o’rganyapti. Uy ishini tayyorladim. Qirq birinchi yilning bahori. Sokin tun.
Muhokama uchun savollar
1. Ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etish-etmasligiga ko’ra sodda gaplar necha turga bo’linadi?
2. Yig’iq gaplarning qanday ko’rinishlari bor?
2.3 – masala: Sodda gapning zarur bo’laklarning ifodalanish –ifodalan-masligiga ko’ra turlari.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin