Dasturxon boshida Yodgor undan qa-moqdan qanday qu-tulganini va qan-day qilib askar bo’lganini so’radi. (S.Ahm)
Muhokama uchun savollar: 2.1.1. To’ldiruvchining gapdagi vazifasi nimadan iborat?
2.2.1. To’ldiruvchining qaysi turlarini bilasiz?
2.3.1. Vositasiz to’ldiruvchi haqida nimalarni bilasiz?
2.4.1. Vositali to’ldiruvchining ma’no-vazifasi, grammatik shakllari to’g’risida-chi?
3-masala.Hol va uning turlari Darsning maqsadi: talabalarda hol va uning turlari to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari: 3.1. Holning ta’rifini aytib beradi.
3.2. Holning ma’no turlarini sanaydi.
3.3. Holning ma’no turlarini izohlaydi.
3.4. Holning ma’no turlarini aniqlaydi.
3.5. Hol va to’ldiruvchining o’zaro aloqasini tahlil qiladi.
3.6. Holning ifodalanishini umumlashtiradi.
Hol va uning turlari. Hol gapning ma’noviy mundarijasi va sintaktik tuzilishida faol qatnashuvchi gap bo’lagidir. Biroq u gapning bosh bo’laklari singari doimiy a’zosi, grammatik markazi emas. Uning gapda qatnashishi so’zlovchining fikri, maqsadiga bog’liqdir. Demak, u gapda qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin. Uning sintaktik mavqei ega va kesimdan past turadi. To’g’ri, hol shaklidagi so’zning o’zidan tashkil topgan gaplar ham bor. Biroq u muayyan vaziyatlardagina yuz beradi (to’liqsiz gaplarda yoki bir bosh bo’lakli gaplarda). Binobarin, hol ikkinchi darajali gap bo’lagidir. Harakat - holatning bajarilish o’rni, payti, sababi, tarzi, maqsadi va shu kabilarni ko’rsatib, boshqa bo’lakka tobe bo’lgan ikkinchi darajali bo’lak h o l deyiladi. Hollar aksariyat fe’l-kesimga, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh yoki ravish bilan ifodalangan bo’laklarga bog’lanib, ularni biror jihatdan izohlab keladi. Masalan: Safarov bilan Samandarov qotib-qotib kulishdi. (Kesimga bog’lanib, harakatning qay tarzda bajarilishini ko’rsatgan). Ravon o’qishni dadamdan o’rgandim. (To’ldiruvchiga bog’langan). Hol ravish, ravishdosh, vositali kelishik formalaridagi yoki ko’makchili otlar, harakat nomi, sifat, shuningdek, ravish xarakteriga ega bo’lgan ajralmas birikmalar bilan ifodalanadi. Hol ko’pincha ravish bilan ifodalanadi. Ravish gapda yakka holda yoki o’ziga tobe so’zlar bilan birgalikda hol funktsiyasini bajaradi. Bu uning asosiy sintaktik vazifasidir. Masalan: Muncha asta yurasan? Ot va harakat nomi esa holat, makon, sifat, sabab, maqsad kabi munosabatlarni anglatgandagina hol vazifasida keladi. Ular ba’zan o’ziga tobe bo’laklar bilan birga (yoyiq holda) yaxlit bir bo’lak - hol bo’lib kelishi mumkin: Ulug’bek baland ruh va tetik qadam bilan jo’nadi. Ifodalangan ma’nosiga ko’ra hollar quyidagi turlarga ajratiladi: ravish holi, miqdor-daraja holi, o’rin holi, payt holi, sabab holi, shart holi, to’siqsizlik holi.
Ravish holi. Harakatning qay tarzda, qanday vaziyatda sodir bo’lishini bildiradigan hol ravish holi deyiladi. Ravish holi quyidagicha ifodalanadi: 1. Holat ravishi bilan: Oppoq bulutlar asta-sekin qoraya boshladi. Ravishdosh bilan: Samandar yiqila-yiqila oldinga intildi. 3. Sifat bilan. Ular ko’zlari bilan iliq, samimiy salomlashishdi.4. Ko’makchili yoki ko’makchisiz mavhum otlar va harakat nomi bilan : U Sultonovni o’ylab ich-ichidan achindi. 5. Ravishdosh formasidagi «bo’lmoq» yordamchisi bilan birikkan sonlar bilan: Biz hollarni olti turga bo’lib o’rganamiz. 6. Ekan yordamchisi, holda so’zi bilan birikkan sifatdosh bilan: Bo’taboy hamon o’ylangan holda xatni bukar ekan «uf» tortdi. 7. Taqlidiy so’zlar bilan: Anorxon piq-piq yig’ladi. 8. Ravish xarakteridagi frazeologik birikmalar bilan: Ular... topshiriligan vazifani qo’l uchida bajarib yurdilar.