Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə84/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

IDENTIV OQUV MAQSADLARI:
3.1. Ajratilgan bo’lakning ta’rifini aytib beradi.
3.2. Ajratilgan bo’lakni misol asosida tushuntirib beradi.

    1. Gap bo’laklarining ajratilish sabablarini ko’rsatib beradi.

    2. Qaysi gap bo’lagi ajratilganini topib beradi.

Ajratilgan aniqlovchi va oddiy aniqlovchining farqlarini ko’rsatib beradi.
3-masala bayoni:
O’zlari taalluqli bo’lgan gap bo’laklaridan ohang hamda fikran ajratilib, gapda ma’lum mustaqillikka ega bo’lgan bo’laklar ajratilgan bo’laklar deyiladi. Ajratilgan bo’laklar fikrni odatdagiga qaraganda kuchli, ifodali, ta’sirli qilib berish uchun qo’llanadi. Ajratilgan bo’lak mazmunni kuchaytirish, yanada aniqroq, yorqinroq qilib, grammatik jihatdan ma’lum mustaqil holga qo’yish uchun maxsus intonatsiya. Pauzalar bilan ajratiladi. Masalan: Onam, mehribonim, keldi gapidagi «mehribonim» bo’lagini tahlil qilib ko’raylik. «mehribonim» bo’lagi «onam» bo’lagining aniqlovchisidir. Bu aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keltirilib, ikki tomondan maxsus pauza va intonatsiya bilan ajratildi. Natijada shunday o’zgarishlar sodir bo’ldi:
1. Bu bo’lakning mazmun-mohiyati avvalgiga nisbatan kuchaydi: uning mazmuni ta’kidlandi, unga diqqat kuchaydi.
2. Natijada bu bo’lak (mehribon ona) holatidagiga nisbatan ayrimlik, nisbiy mustaqillikka ega bo’ldi. Bu uni kesimga yaqinlashtirdi, tasdiqni bildirish darajasiga yaqinlashtirdi. Demak, bu aniqlovchi predikativlik elementiga ega bo’ldi.

  1. Aniqlovchini ajratish fikrni ifodali, ta’sirli qilib berishga xizmat qildi.

O’zbek tilida bosh bo’laklar ham, ikkinchi darajali bo’laklar ham ajratiladi.Bu bilan tinglovchining diqqati ana shu bo’laklar ma’nosiga jalb qilinadi. Binobarin, gap bo’laklarining ajratilishi bejiz bo’lmay, so’zlovchining kommunikativ maqsadlari bilan bog’liqdir.

  1. Bosh bo’laklarning ajratilishi izohlash zaruriyati bilan bog’liq. Ajratilgan bosh bo’laklar o’zidan oldin kelgan ega yoki kesimni izohlaydi.

Ajratilgan ega: Keyinchalik biz, aka-uka ikkimiz,texnikaga berildik .
Ajratilgan kesim: Mening tug’ilgan yilim – shu – bir ming to’qqiz yuz sakson birinchi yil.

  1. Ikkinchi darajali bo’laklarning ajratilishi inversiya,izohlash, gap bo’laklarining kengayib kelishi bilan bog’liq.

Aniqlovchilarning ajratilishi: Hech erinmay kuch to’kibdi ko’kan-devkor,
O’ylamapti shuncha piyoz kimga darkor.
Nargizning ovoziga boshqa gullarning, qizlarning, ovozlari kelib qo’shildi. Izohlovchilarning ajratilishi invereiya hodisasi bilan bog’liq:
Kasb, xunar, amal unvon kabilarni ifodalovchi izohlovchilar o’z izohlanmishidan keyin keltiriladi. Obid Sodiqov, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, atoqli olimdir.
To’ldiruvchilarning ajratilishi izohlash va uning yoyiq holda kelishi bilan bog’liq: Bektemirga, sobiq sodda cho’ponga, komandirning fikri g’oyat yoqdi. Pul topishning turli yo’llariga kirish bilan, san’atkorni xor qiluvchi bunday yo’l bilan teatrning obro’sini aslo tiklab bo’lmaydi. Hollarning ajratilishida ham izohlash va ularning yoyiq holda kelishi muhim rol o’ynaydi. Ertasi kechqurun, soat ettilarda, kutilmaganda G’ulomjon kirib keldi. Navoiy, bir qo’lini ko’ksiga qo’ygan holda, boshni kamtar engil qimirlatish bilan halqning tabrigiga samimiy javob berib bordi.
Ravishdosh bilan ifodalangan hollar o’zlariga oid so’zlari bilan kengayib kelib ajratiladi. Oyqiz, ikki qo’lini ko’ksiga qo’yib, hurmat bilan xalqqa ta’zim qildi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin