Muhokama uchun savollar
4.1.1. Undalma deb nimaga aytiladi ?
4.2.1. Undalmaning ma’no va vazifalarini ko’rsatib bering.
4.3.1. Undalma qanday ma’nolarini ifodalaydi ?
5-masala: Kirishlarning semantik–sintaktik xususiyatlari .
Darsning maqsadi: Talabalarda kirishlarning ma’no-vazifalari to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
5.1. Kirishlarning ta’rifini aytib beradi.
5.2. Kirishlarning ifodalanishini bayon qiladi.
5.3. Kirishlarni ma’no-vazifalariga ko’ra tavsiflaydi.
5.4. Kirishlar yordamida gaplar tuzadi.
5.5. Kirishlar va modal so’zlarning o’zaro aloqadorligini ko’rsatib beradi.
5.6. Kirishlarni tuzilishiga ko’ra tasnif qiladi.
5- masala bayoni.
Kirish bo’laklar so’zlovchining gapning ayrim bo’laklari yoki butun ifodaga bo’lgan sub’ektiv munosabatini, emotsional tuyg’ularini ifodalaydi: Albatta, buyuk kashfiyotlar osonlikcha tug’ilmaydi. Yolqin akang bundan ham kattaroq bir unvonni ko’zlayapti, chamasi.
Kirish vazifasida so’z turkumidan ajralib chiqib, faqat kirish vazifasida ishlatiladigan so’zlar (morfologiyada ular modal so’zlar deb yuritiladi Masalan: shekilli, albatta, demak, xullas, modomiki, darvoqe kabilar), ma’lum so’z turkumidan ajralib chiqmagan, kirish vazifasida ham, gap bo’lagi vazifasida ham qo’llanuvchi so’zlar (qisqasi, rost, ortidan, oxiri kabilar) keladi.
Kirishlar tuzilishga ko’ra 3 xil: kirish so’zlar, kirish birikmalar, kirish gaplar.
Kirish so’zlar bir so’zdan iborat bo’ladi. Shunga ko’ra kirish so’zlar quyidagi tiplarga bo’linadi:
A) Ot tipidagi kirish so’zlar: chamasi, taajjub, modomiki, odatda, oxiri, nazarimda, baxtimizga, so’ziga ko’ra kabilar.
B) Olmosh tipidagi kirish so’zlar: Menimcha, seningcha, uningcha kabilar.
V) Sifat tipidagi kirish so’zlar: to’g’ri, durust, qisqasi, tabiiy kabilar.
G) Son tipidagi kirish so’zlar: birinchidan, ikkinchidan kabilar.
D) Ravish tipidagi kirish so’zlar: dastlab, oxir, nihoyat, umuman, asosan, aksincha kabilar.
E) Fe’l tipidagi kirish so’zlar: kechirasiz, bundan chiqadiki, anglashiladiki, deyman kabilar.
KIRISh BIRIKMALAR. Bular birikma holidagi kirishlardir. Ular semantik tabiatiga ko’ra quyidagi tiplarga bo’linadi.
A) Qaratuvchili kirish birikmalar: uning fikricha, buning ustiga, sening nazaringda, kabilar.
B)Sifatlovchili kirish birikmalar: bir tomondan, shu jumladan kabilar.
V)To’ldiruvchili kirish birikmalar: Menga desa qisqasini aytsam, to’g’risini aytganda, kabilar.
G) Holli kirish birikmalar: qisqacha aytganda, boshqacha aytganda, ochiq gapirganda kabilar.
D) Aniqlovchili va to’ldiruvchili kirish birikmalar: uning so’ziga qaraganda, sening gapingga qaraganda kabilar.
E) Aniqlovchi va holli kirish birikmalar: uning ochiq aytishicha, uning ochiq gapirishicha kabilar.
J) Aniqlovchi, hol va to’ldiruvchili kirish birikmalar: uning ochiq gapirishiga qaraganda.
KIRISh GAPLAR. Bular gap shaklida bo’lishi bilan xarakterlanadi. Yolg’iz yurishga, to’g’risini aytsam, qo’rqaman. Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o’z ilmidan xabardor qildi.
Kirishlar quyidagilarni ifodalaydi:
1. So’zlovchining aytilayotgan fikrga bo’lgan munosabatini ko’rsatadi: Bular quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
A) ishonch yo tasdiqni: albatta, shubhasiz, so’zsiz, haqiqatan, darhaqiqat, muqarrar kabilar. Darhaqiqat, bugungi sayr umrbod esda qoladigan bo’ldi.
B) Gumonni: ehtimol, chamasi, shekilli, aftidan: Mehmonlar biz tomonga kelishyapti, shekilli.
V) Mamnunlikni: baxtimizga, hayriyat, shukur: Hayriyat, bugun havo ochiq bo’lar ekan.
G) Afsus-achinishni: afsus, essiz, nahotki, baxtga qarshi, ajabki: Eh, attang, shuncha mehnat qilsang-u, mehnating ko’kka sovurilsa.
D) Orzu-umidni: koshki, shoyad, koshkiydi: Koshki, akasi Yo’lchi bo’lsa edi .
2. Aytilayotgan fikrning kimga qarashli ekanini ifodalaydi: bizningcha, fikrimcha, nazarimda kabilar: Domlamizning gapiga qaraganda, bu yil yozma imtihonlarda voz kechiladi.
3. Aytilayotgan fikrning tartibini ifodalaydi. Birinchidan, ikkinchidan, avvalo, nihoyat, ohiri kabilar. Nihoyat, go’zal kunlarning birida uchrashishdi.
4. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi: Demak, xullas, ko’rinadiki, shunday qilib, binobarin, zotan, bir so’z bilan aytganda kabilar. Xullas, qo’shiq yana avjga chiqdi.
5. Aytilayotgan fikrning odatda ro’y beruvchi hodisa ekanligini ifodalaydi: odatda, odat buyicha, odatga ko’ra. Odatda, kichik kattaga salom beradi.
Kirishlar gap boshida, o’rtasida, oxirida keladi. Bu ularning ma’no funktsiyasiga bog’liq. Darhaqiqat, demak, xullas modomiki, baxtimizga, o’g’ri, zotan kabilar ko’proq gap boshida; shekilli, deyman kabilar ko’proq gap oxirida; ko’pchiligi esa gap o’rtasida keladi.
Ba’zan kirishlar birdan ortiq kelishi ham mumkin: Shunday qilib, Mahmud, sening fikringcha, halifaning Xorazm shohga alohida iltifot qilishi zamirida biror g’araz yo’qmi?- savol berdi Beruniy.
Kirishlar gap bo’laklaridan vergul bilan ajratiladi. Gap o’rtasida kelsa, har ikki tomonidan vergul qo’yiladi.
Kirish 24-jadval
Ma’nosi
|
Tuzilishiga ko’ra
| |
Dostları ilə paylaş: |