Muhokama uchun savollar: 1. Sintaksisda nimalar o’rganiladi?
2. Sintaksisning asosiy o’rganish ob’ekti nima?
3. Gap nima uchun asosiy sintaktik birlik hisoblanadi?
4. Gapni o’rganishdan maqsad nima?
Adabiyotlar: A.G’ulomov. M. Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis.T. 1987. 5-10 betlar.
Sh.Rahmatullaev. Hozirgi adabiy o’zbek tili (darslik). T., Universitet, 2006.117-, 248-269-betlar.
G’.Abdurahmonov va boshqalar. O’zbek tili grammatikasi. T.1999. 11-12 betlar.
O’zbek tili grammatikasi.T. Fan. 1976.114-119-betlar.
R.Sayfullaeva va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. III.(o’quv qo’llanmasi). T.,2006. 6-15-betlar.
A.Nurmonov,R. Rasulov. O’zbek tili jadvallarda.T., O’qituvchi, 102 bet.
2-MAVZU : SINTAKTIK MUNOSABAT VA SINTAKTIK ALOQA. Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar: Sintaktik munosabat va uning turlari.
Sintaktik aloqa va uni ifodalovchi vositalar.
Sintaktik aloqaning turlari.
Tayanch tushuncha va atamalar: Sintaktik munosabat, sintaktik aloqa, tilda mazmun va shakl, sub’ektli, ob’ektli, atributiv, relyativ munosabat, tenglik va tobelik, predikativlik va nopredikativlik.
Mavzuga oid muammoli savollar: 1. Sintaktik aloqa va sintaktik munosabatning bir qancha turlari aniqlangan. Ular sintaktik aloqa va sintaktik munosabatni to’liq qamrab olganmi? Ularda sintaktik aloqalar to’g’ri talqin qilinganmi? Sizningcha, sintaktik aloqalarni yana qanday turlarga bo’lish mumkin.
2. Sintaktik aloqa va munosabatni valentlikka aloqador hodisa deyishadi. Shu to’g’rimi? Sizningcha, sintaktik birliklarning hosil bo’lishida qaysi hodisa muhim rol o’ynaydi? Valentlikmi, sintaktik aloqami, sintaktik munosabatmi? Fikringizni asoslashga harakat qiling.
3. Sintaktik birliklarni tasnif qilishda har xil mezonlarga asoslanilganini ko’rish mumkin. Bunda sintaktik birliklar qismlarining miqdoriga, bu qismlarni bog’lovchi vositalarga, qismlarning ma’no munosabatiga yoki ularning o’zaro sintaktik aloqasiga qaraladi. Siz tasnif qilganingizda nimaga asoslagan bo’lardingiz? Nima uchun shunday qilgan bo’lardingiz? Siz taklif qilayotgan tasnifning afzal tomonlari nimada?