Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


-asosiy masala – bir bosh bo’lakli gapning turlari: 1) shaxsi aniq gap



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə95/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

2.1-asosiy masala – bir bosh bo’lakli gapning turlari: 1) shaxsi aniq gap.
Darsning maqsadi: Shaxsi aniq gaplarning grammatik xususiyatlarini ochib berish.
IDENTIV o’Quv MAQSADLARI:
2.1.1. Shaxsi aniq gapning tarifini aytib beradi.
2.1.2. Shaxsi aniq gapning grammatik xususiyatlarini ko’rsatib beradi.
2.1.3. Shaxsi aniq gapni topib beradi.
2.1.4. Shaxsi aniq gaplarning kesimini tahlil qiladi.
2.1. – asosiy masala bayoni .
Kesimi harakatni bajaruvchi shaxs-egani aniq ko’rsatib turadigan bir bosh bo’lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Masalan: Borsam, yo’q ekansan. Yaxshi uxladingizmi? Kiring, o’tiring. Bunday gaplarning bosh bo’lagi asosan quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi:

  1. I, II shaxs manosini ifodalovchi shaxsli fellar bilan. Masalan: Gektariga 40 tsentnerdan hosil yigishtirib oldik. Borasan, nima uchun bormas ekansan ?

  2. I, II shaxs tuslovchi qo’shimchalarni olgan otlar, fe’ldan boshqa so’zlar bilan: Masalan: Xo’jalik suvchisiman. Uch bolaning otasiman. Erkakmisan?

3. I – II shaxsdagi buyruq –istak maylidagi fellar bilan :
Yur dalaga! Birga ketaylik. Bor. yo’qol, Dada, bir o’ynab kelay.
Bir kelib keting qishlog’imizga.
Bir bosh bo’lakli gaplar bilan ikki bosh bo’lakli gaplar chog’ishtirilsa, shu narsa ham aniq bo’ladiki, birinchi tipdagi gaplarda eganing yo’qligi fikr materialiga ta’sir etmaydi, u grammatik jihatdan shu konsturiktsiyada zarur element sanalmaydi.
Bazan mazmun va grammatik xususiyatlariga ko’ra egasi ifodalanmaydigan gaplarda ham eganing qo’llanishini ko’ramiz. Bu grammatik holat bilan emas, poetik, stilistik xususiyatlar bilan bog’liq.
Shaxsi aniq gaplarning kesimi harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko’rsatib turganligi uchun egani qo’llab ularni ikki bosh bo’lakli gapga aylantirish mumkin. Biroq shaxsi aniq gaplarning shunday turlari ham borki, ular deyarli hamma vaqt bir bosh bo’lakli bo’lib, odatda egasiz kullanadi: bunday gaplarni ikki bosh bo’lakli gapga aylantirib bo’lmaydi. Anglashiladiki, shaxsi aniq gaplarning egasi umuman qo’llanilmaydigan (ega olib, ikki sostavli gapga aylanmaydigan) ko’rinishlari ham bor. Bunday bir bosh bo’lakli gaplar-topishmoqlarda uchraydi. Chunki topishmoqlarning talabiga ko’ra topilishi lozim bo’lgan predmet aytilmaydi. Demak, bu topilishi lozim bo’lgan predmet ega vazifasida kelishi lozim bo’lganda yuz beradi. Masalan, Kunduzi erga qaraydi, kechasi osmonga qaraydi. Bu gapning egasi zanjir(u) bo’lsa ham, lekin u qo’llanilmaydi (topiladigan narsa zanjirning o’zi). 2.Vaqtingni yo’qotding-baxtingni yo’qotding, tipidagi makollarda uchraydi. Bu erda “sen”ni qo’llab bo’lmaydi: umumiylik ma’nolari yo’qoladi. Tuya ko’rdingmi? -Yo’q tipidagi gaplarda ham egani qo’llab bo’lmaydi. Bular ham shu tipdadir.

  1. Kesim «ketsak-ketdik» formasidagi fe’ldan bo’lgan gaplarda uchraydi. Bu fe’l kesim odatda birinchi, ikkinchi shaxs formasida keladi. Qani, yursak-yurdik. Yozsang-yoz kabi.

  2. Mang (maqol) kabi gaplarda uchraydi. Ma, mang so’zlari shaxs bildiradigan fe’llar bo’lgan, keyinchalik kesim kabi qo’llanib ketgan.

Demak, bunday o’rinlarda grammatik shaxs aniq bo’lsa-da (shunga ko’ra, u shaxsi aniq gaplardir), lekin malum sabablarga ko’ra ega qo’llanmaydi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin