Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə96/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar
2.1.1. Shaxsi aniq gapning talqini.
2.2.1. Shaxsi aniq gaplarning kesimlari fe’lning qaysi shakllari bilan ifodalanadi?
2.3.1. Bosh bo’lagi fe’ldan boshqa so’z bilan ifodalangan shaxsi aniq gaplar.


2.2– asosiy masala:Shaxsi noaniq gap.
Darsning maqsadi: shaxsi noaniq gaplarning logik-grammatik xususiyatlarini tushuntirib berish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI .
2.1. Shaxsi noaniq gapning tarifini aytib beradi.
2.2. Shaxsi noaniq gapning tarifini izohlab beradi.

    1. Shaxsi noaniq gapni topib beradi.

2.2 – asosiy masalaning bayoni .
Kesimi harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko’rsatib turmaydigan bir bosh bo’lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Masalan: Jo’jani kuzda sanaydilar. Uni institutga qabul qilishdi. Bu tipdagi gaplarning kesimi 3-shaxs shaklidagi aniq fe’llardan bo’ladi (kesimning 3 shaxs formasida bo’lishi bu turdagi bir bosh bo’lakli gaplar uchun tipik hodisadir). Biroq shunga qaramay, bajaruvchi shaxs-kesimdan anglashilgan harakatning bajaruvchisi aniq bo’lmaydi. Demak,bunda grammatik shaxs aniq bo’lsa-da,u konkret shaxsni anglatmaydi: u so’zlovchi ham emas, tinglovchi ham emas,umuman o’zga, boshqa shaxslar, o’zgalar, kimlarligi nomalum. Ular gapning harakatni bajaruvchisi to’g’risida bundan ortiq malumot bera olmaydi, ular bir bosh bo’lakli gapning ayni shunga-harakatning bajaruvchisini aniq ifodalash zarur bo’lmagan holatlarga moslashgan, shunday ehtiyojdan tug’ilgan turlaridir. Masalan: Dalada ish qizg’in: bir tomonda ariq-zovurlarni tozalayaptilar, bir tomonda ko’chat ekyaptilar, bir tomonda daraxtlarni oqlayaptilar.
Shaxsi noaniq gapning bosh bo’lagi, asosan, quyidagi fe’llar bilan ifodalanadi:
1. Uchinchi shaxsning ko’pligi formasidagi fe’l bo’ladi: Muxbirlarni bu yoqqa kirgizmaydilar. Test savollarini uch oy oldin e’lon qiladilar.

  1. Birgalik nisbatidagi fe’llar bilan ifodalanadi: Salimjonni institutga qabul qilishdi. Eshnazarovni 21-maktabda uchratish mumkin deyishdi. Shu o’rinda takidlab o’tish lozimki, shaxsi noaniq gaplarning katta guruhining kesimi aytmoq, demoq, malumot bermoq, xabar bermoq, e’lon qilmoq kabi fe’llar bilan ifodalanib, asosiy fikr boshqa shaxs yoki shaxslarga taalluqli bo’ladi, shuning uchun ham bu xil gaplarni yarim o’zlashgan ko’chirma gaplar deb atash mumkin. Masalan: Otam sayohatga ketgan deyishyapti. Uni Karim nonvoy deyishardi.

Yarim o’zlashgan ko’chirma gap tamoman muallif gapiga singdirib yuborilishi ham mumkin: Direktorning soat o’nlarda bo’lishini aytishdi.
2. Shaxsi noaniq gapning kesimi ba’zan 3-shaxsning birlik formasidagi fe’l bilan ifodalanadi: Hozir paxtani mashina bilan teradi. Xey, senga gapirayapti.
Ko’rinadiki, shaxsi noaniq gaplarda bajaruvchi shaxs aniq bo’lmaydi va uni ko’rsatish talab ham qilinmaydi, odatda, bajaruvchi sifatida nomalum bir qancha shaxslar tushuniladi. Chunki bu xil gaplarda bajaruvchi shaxs emas, balki ish-harakatning o’zi birinchi o’rinda turadi, asosiy diqqat shunga qaratilgan bo’ladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin