Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar


So’z-gapLAR va ularning turlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə101/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

14. So’z-gapLAR va ularning turlari.
Ajratilgan soat – 2
Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar:

  1. Gaplarning bo’laklarga ajralish-ajralmasligiga ko’ra turlari.

  2. So’z- gapning semantik-sintaktik xususiyatlari.

Tayanch tushuncha va atamalar.
Grammatik asos, bosh bo’laklar. Gap bo’lagi. Grammatik asos. Grammatik markaz. Predikativlik. Bir bosh bo’lakli gap. Atov gap. To’liqsiz gap. So’z-gap.
1- masala: Gaplarning bo’laklarga ajralish-ajralmasligiga ko’ra turlari.
Darsning maqsadi: talabalarda bo’laklarga ajralmaydigan gaplar to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
Identiv o’Quv maQsadlari
1. Sodda gaplarning bo’laklarga ajralish-ajralmasligiga ko’ra turlarini aytib beradi.
2. Bo’laklarga ajraladigan va ajralmaydigan gaplarni tushuntirib beradi.
1- masala bayoni
Sodda gaplar bo’laklarga ajralish-ajralmasligiga ko’ra ham turlarga ajratiladi. Bu jihatdan ular ikkiga bo’linadi.
1) bo’laklarga ajraladigan gaplar;
2) bo’laklarga ajralmaydigan gaplar.
Bo’laklarga ajraladigan gaplar bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajraladi. Ikki bosh bo’lakli gaplar va bir bosh bo’lakli gaplarning barcha turlari bo’laklarga ajraladigan gap hisoblanadi. Chunki ularning hammasi bosh bo’lak yoki ikkinchi darajali bo’lak hisoblanadi. Demak, bo’laklarga ajraladigan gaplar u yoki bu gap bo’lagiga ajraladi. Sodda gaplarning aksariyati gap bo’laklariga ajraladigan gaplardir.
Biroq sodda gaplarning yana shunday bir turi borki, ular birgina so’zdan yoki bir so’z maqomidagi bog’lanmadan tashkil topadi. – Bugungi majlis bo’ladimi?- Yo’q. Assalomu alaykum, muallim! – Va alaykum assalom.
Keltirilgan sintaktik qurilmalarning – «Yo’q», «Assalomu alaykum» «Va alaykum assalom » ko’rinishdagi tiplari so’z – gap hisoblanadi. Bular ega ham, kesim ham emas, lekin ular fikr ifodalash xususiyatiga ega, shunga ko’ra ularni so’z-gap deyish mumkin.
2-masala: So’z – gaplarning semantik-sintaktik xususiyatlari.
Darsning maqsadi: Talabalarda so’z - gaplarning semantik-sintaktik xususiyatlari haqida aniq tushuncha hosil qilish.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin