HOLLI SO’Z BIRIKMALARI. Tobe komponenti jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi shaklida yoki ko’makchilar bilan kelgan relyativ birikmalar holli so’z birikmalari deyiladi.
Harakat - uning sifat, xususiyatini bildiradi: tez yurmoq, ko’rib gapirmoq.
Harakat - uning yuzaga chiqish o’rnini bildiradi: Toshkentdan kelmoq. Samarqandda yashamoq.
Harakat yoki belgi - uning yuzaga chiqish paytini bildiradi: Hamisha baxtiyor, ertalab olmoq.
Harakat yoki belgi-uning yuzaga chikish sababini bildiradi: Halolligi uchun mukofotlandi, bag’ri kengligi uchun hurmatli.
Harakat - uning yuzaga chiqish maqsadini bildiradi: o’qish uchun keldi, yashash uchun kurashdi
Harakat - uning yuzaga chiqish shartini bildiradi: O’lmasa yashaydi, qaynamasa kuydirmaydi.
To’ldiruvchili va holli so’z birikmalarining grammatik shakli tushum kelishigidan boshqa hollarda bir-biridan farq qilmaydi. Bunda tobe komponentining leksik-semantik xususiyati hal qiluvchi rol o’ynaydi. Harakat o’tgan predmetni yoki harakatning bajarilishi uchun vosita bo’lgan predmetni bildirgan tobe komponentli birikmalar to’ldiruvchili, harakatning bajralish o’rnini, paytini bildirgan tobe komponentli birikmalar esa holli so’z birikmalari hisoblanadi
Tobe bo’lakning vazifasiga ko’ra 8-jadval
Asosiy xususiyati
Tobe bo’lakning turlari
Misollar
So’z birikmasidagi tobe bo’lak gapda aniqlovchi, to’ldi-ruvchi va hol vazi-fasida keladi. Aniqlovchi ot bilan ifodalangan bo’lak-ka tobe bo’ladi, hol va to’ldiruvchilar esa fe’l bilan ifodalangan bo’lakka tobe bo’ladi.
A t r i b u t i v
Aniqlovchi-aniqlanmish munosabati (tobe bo’lak ot, sifat, olmosh, ravish, sifatdosh kabi so’zlar, hokim bo’lak esa ot va otlashgan so’zlar bo’ladi)