Predikativlik va ohang gapni shakllantiruvchi vositalardir.
Gap mundari-jasining mavjud voqelik bilan aloqadorlik hodisasi predikativlik sanaladi. Predikativlikni kesim ko’rsatadi. Kesim umumiy predikativlik ma’nosini kon-kret modallik, zamon, shaxs-son vositalari orqa-li ifodalaydi.
Predikatsiya kesimlilikni bildiruvchi butun shakllar sistemasi bilan bog’liq.
|
Tasdiq - inkor
Modallik.
(Gap mazmunining voqelikka muno-sabati, aytilayot-gan fikrning mav-jud holatga muno-sabati)
Zamon
(Aytilayotgan fikrning nutq paytiga bo’lgan munosabati: o’tgan, hozirgi va kelasi zamon)
Shaxs-son
(So’zlovchi, ting-lovchi, o’zga shaxs-lar birlik va ko’plik shaklda namoyon bo’ladi).
5. Ohang.
|
-ma affiksi va emas, yo’q so’zlari, bo’lishsizlik olmoshlari orqali ifodalanadi.
So’zlovchining voqelikka munosaba-ti, gapdagi fikrni qanday baholashi: haqiqiy deb bilish, shubha, taxmin, ishonch, istak.
Bo’lar fe’lning mayl shakli, modal so’zlar, modal yuklamalar bilan, ya’ni grammatik, leksik va fonetik vositalar orqali ifodalanadi.
Zamon ma’nosi fe’lning zamon ko’rsatadigan maxsus shakllar orqali, payt ma’nosini ifoda-lovchi so’zlar, payt ravishlari va bog’lamalar orqali ifodalanadi.
Fe’llardagi shaxs-son shakllarini ko’rsatuvchi tuslovchi qo’shimchalar orqali ifodalanadi.
|