Muhokama uchun savollar: 1. Modallik va predikativlik munosabati.
2. Modallik va modal so’zlar.
3. Modallikning qanday vositalar orqali ifodalanadi?
4. Modallikning qanday tiplari bor?
6-savol: I n t o n a ts i o n b u t u n l i k . Darsning maqsadi:talabalarda gapga xos ohang, intonatsion tugallik to’g’risida tushuncha hosil qilish.
IDENTIV O’QUV MAQSADI
6.1. Intonatsiyaning nutqqa xos universal vosita ekanligini aytib beradi.
6.2. Gapga xos intonatsiyaning tugallangan bo’lishini ko’rsatib beradi.
6.3. Darak, so’roq, undov gaplarda intonatsion butunlikning o’ziga xos bo’lishini izohlab beradi.
6.4. Tugallangan intonatsiyaning predikativlik ifodalovchi vositalardan biri ekanligini asoslab beradi.
6.5. Intonatsiyaning ijtimoiylik, umumiylik jihatlariga baho beradi .
6- masala bayoni: Gapning, nutqning intonatsion tomoni uning mundarijasi va strukturasi bilan bog’liq: nutqning qismlarga bo’linishi grammatik-fikriy va intonatsion jihatlarga asoslanadi. Gapning qismlarga ajratilishi bir qancha tomonlardan bo’lishi mumkin: logik tomondan (mazmun qismlari), formal – grammatik tomondan (grammatik qismlar), fonetik tomondan (intonatsion qismlar). Lekin bu tomonlar o’zaro bog’langan: ular bir-biriga moslashgan bo’ladi. Tilning turli vositalarini analiz qilish shuni ko’rsatadiki, intonatsiyaning yolg’iz o’zida til nuqtai nazaridan fikriy mundarija yo’q: u gap, so’z orqali mavjud, demak, intonatsiya tilning yordamchi vositasidir: supersegment fonetik hodisadir. Shulardan kelib chiqib, intonatsiyaning asosiy vazifasini quyidagicha jamlab ko’rsatish mumkin:
Intonatsiya gapni, nutqni fonetik jihatdan shakllantiradi, grammatik-fikriy tugallikni ko’rsatadi. U o’zaro bog’langan bir necha so’zning yoki yakka so’zning gap bo’lishida qatnashadi. Bunday tugallangan intonatsiya gapga xos bo’lib, u so’z birikmasida yo’q. Demak, bu tipdagi intonatsiya so’z birikmasi bilan gapni farqlaydigan belgilardan biridir. Predikatsiya, predikativlik ma’lum darajada shu intonatsiya bilan ifodalanadi. Bir so’zdan iborat Tongtipidagi gaplarda, shuningdek, Shahar-shahar; Qishloq-qishloq tipidagi gaplarda predikativlikning intonatsiya yordami bilan ifodalanishini yaqqol ko’rish mumkin. Gapning kuzatilgan maqsadga, emotsionallikka ko’ra turlari ko’p jihatdan intonatsion farqqa qarab belgilanadi. Intonatsiya gapning modalligini o’zgartirib yuborishi mumkin. Masalan: tasdiq bildiradigan gapni intonatsiya yo’li bilan inkor bildiradigan gapga aylantirish. Borasan-a, borasan!
Gap tugallangan fikr ifodasidir, uning mazmun tomonidir, lekin bu fikriy tugallik nisbiydir, chunki ayrim gapdagi fikrning to’liq ochilishi nutq ichida bo’ladi. Demak, gap formal-grammatik va intonatsion jihatlardan ham, mundarija jihatdan ham tugallikka ega. Biroq uning fikriy tugalligi – nisbiy. Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo’lish orqali yana ham oydinlashadi. Gap bir so’z yoki so’zlar bog’lanmasidan tashkil topadi. Bir so’zning gap bo’lib kelishi maxsus intonatsiya tufaylidir. Bunda predikativlik intonatsiya orqali ifodalanadi: Bahor. Hamma yoq ko’m-ko’k.
Gap so’zlar bog’lanmasidan iborat bo’lganda, uning bo’laklari ma’lum grammatik qonun-qoidalar asosida sintaktik aloqaga kiradi. Bu tip gaplarda predikativlik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so’zlar bilan ifodalanadi: Qirdan g’ir-g’ir shabada esadi.
Yuqoridagi belgilar asosida gapga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Grammatik shakllangan, intonatsion va fikriy tugallikka ega bo’lgan, fikrni shakllantirish, ifodalash va bildirish vositasi bo’lgan so’z yoki so’zlar bog’lanmasidan tashkil topgan eng kichik va asosiy sintaktik birlik gap deyiladi.