Gapdagi fikrni, hukmni o’ziga qaratuvchi bo’lak, kesim bilan ifoda-langan belgi-ning egasi.
Ot bilan
Gulnor yo’lchining so’zlarini diqqat bilan tingladi. (O)
olmosh bilan
Men o’qituvchiman
son bilan
Besh-o’nning yarmi
harakat nomi bilan
Ishlamoq ishtaha ochar
Sifatdosh bilan
Tirishgan tog’dan oshar.
Sifat bilan
Yaxshi topib so’zlar, yomon qopib so’zlar. (Maqol).
Taqlid so’zlar bilan
Yangi binoda ustalarning taqir- tuquri eshitilmoqda.
Birikmalar bilan
Ishlamay egan og’rimay o’lar. (Maqol). O’sha tomon–bizning dam oladigan joyimiz.
Muhokama uchun savollar 1. Gapning bosh bo’laklari nechta va ular qanday nomlanadi?
2. Eganing gapdagi roli, ma’no-vazifasi nimadan iborat?
2 - masala. Kesim va uning ifodalanishi. Darsning maqsadi: talabalarda kesim to’g’risida, uning fikrni ifodalashda asosiy rol o’ynashi to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Kesimning qoidasini aytib beradi.
2.2. Kesimning ikki bosh bo’lakli gapning bosh bo’laklaridan biri ekanligini tushuntirib beradi.
2.3. Kesimning turli so’z turkumidagi so’z va iboralar bilan ifodalanishini ko’rsatib beradi.
2.4. Kesimning konkret qanday ifodalanganligini aniqlaydi.
2.5. Kesimning fikrni ifodalashda asosiy rol o’ynashini asoslab beradi.