Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə65/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar:
1. Kesimning egaga nisbatan gapning shakllanishi, fikrning ifodalanishida asosiy rol o’ynashi nima bilan izohlanadi?
2. Gapning grammatik ma’nolarini ifodalashda kesim va eganing o’rni qanday?
3. Kesim qanday til birliklari bilani ifodalanadi?
3 - masala. Ega va kesimning o’zaro moslashuvi.
Darsning maqsadi: Ega va kesimning shaxs va sonda moslashish darajasi to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1.Ega va kesimning o’zaro moslashuvi nima ekanligini aytib beradi.
3.2.Ega va kesimning shaxs va sonda moslashishini izohlaydi.
3.3.Ega-kesim va aniqlovchi-aniqlanish o’rtasidagi moslashuvni farqlaydi.
3.4.Ega va kesimning moslashishlik darajasini aniqlaydi.
3.5.Ega va kesimning sonda moslashmaslik holatlarni ochib beradi.
3-masala bayoni.
Gapning bosh bo’laklari ega va kesim odatda moslashgan holatda bo’ladi. Bu ularning o’zaro shaxs va sonda bir xil ma’no va shaklda kelishida o’z ifodasini topgan. Bu shaxs-son affikslari, fe’lning birgalik nisbati orqali reallashadi. 1. Ega va kesim mantiqiy jihatdan ham, grammatik jihatdan ham moslashadi: Universitetimiz talabalari fan sirlarini egallash uchun astoydil o’qimoqdalar. 2. Ega va kesim faqat mantiqiy jihatdan moslashadi: Barcha to’plandi. 3. Ega va kesim forma jihatdan moslashadi. Bu quyidagi jihatlar bilan xarakterlanadi.
A) Ega I va II shaxsni ko’rsatuvchi olmosh bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs va sonda moslashadi, lekin kesim tarkibidagi shaxs-son affikslari qo’llanmasligi ham mumkin. Biroq bu kesim ot-kesim bo’lganda ro’y beradi: Men o’qituvchiman. Men o’qituvchi. Sen talabasan - sen talaba. B) Ega III shaxsning ko’plik formasida kelganda kesim ko’plikda ham, birlikda ham qo’llanishi mumkin: Ular talabalar. Ular talaba.
V) Kesim fe’l-kesim bo’lganda, ega I va II shaxs olmoshlari bilan ifodalanganda kesim bilan shaxs- sonda moslashadi: Men keldim. Sen ketding. Biz keldik. Siz ketdingiz.
G) Ega III shaxsni ko’rsatuvchi olmosh bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs- sonda moslashadi. Lekin moslashmasligi ham mumkin. Zulfiya o’qidi. O’quvchilar keldi.
Uyushiq egalarning kesim bilan moslashuvi quyidagicha: 1) Uyushiq egalar shaxsni bildirganda kesim ko’plikda bo’ladi: Akrom, Ne’mat va Ibrohim birga dars tayyorlashdi.2) uyushiq egalar jonsiz predmetlarni ifoda qilganda, kesim birlik formada bo’ladi: O’rik, olma, shaftoli gulladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin