Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə72/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Miqdor-daraja holi: Miqdor-daraja holi ish-harakat, holat, vaqt kabilarning qay darajada ekanligini miqdor jihatdan chegaralab, darajalab ko’rsatadi. Miqdor - daraja holi quyidagicha ifodalanadi: 1. Miqdor ravishlari va miqdor-daraja ma’nosiga ega bo’lgan sifatlar bilan: Kun tamom yorishib ketdi. 2.Marta, bor, daf’a, barobar, hissa, foiz kabi so’zlar olib kelgan son va olmoshlar bilan: Nigora dugonasi qancha qistamasin, Anvar bilan uchrashuvga biron marta chiqmadi. 3.Ko’ra, qarab, yarasha, sari, sayin kabi so’zlar olib kelgan ot va sifatdoshlar bilan: Xayr, risqimizga yarasha qolar. 4.Son va vaqt bildiruvchi so’zlar birikmasi bilan: Poezd uch kecha-yu uch kunduz yo’l yurdi.
O’rin holi: Ish-harakat yoki holatning sodir bo’lishidagi o’rin ma’nosini bildiruvchi hollar o’rin holi deb ataladi. O’rin hollari ish-harakatning biror jihatdan o’ringa munosabatini ko’rsatadi va qaerda? qaerdan? qaerga? qaergacha? singari so’roqlarga javob bo’ladi.
O’rin hollari ma’nolariga ko’ra uchta asosiy gruppaga bo’linadi: 1. Harakatning yuz berish, bajarilish o’rnini bildiruvchi hollar. 2.Harakatning boshlanish, chiqish o’rnini ko’rsatuvchi hollar. 3.Harakatning oxirgi nuqtasini ko’rsatuvchi hollar.
Ish-harakatning bajarilish o’rnini bildiruvchi hollar harakatning ma’lum bir nuqtada, doirada yuz berganligini anglatadi va quyidagicha ifodalanadi.1) O’rin-payt kelishigidagi o’rin-joy nomlari bilan: Mirzacho’lda birinchi bahor boshlandi. 2) O’rin ma’nosidagi olmoshlar: Bunda bulbul kitob o’qiydi, bunda qurtlar ipak to’qiydi. 3) O’rin angatuvchi ot ko’makchilar bilan: Yigit eshikdan odim narida otning boshini silab turar edi.
Harakatning chiqish nuqtasini ko’rsatuvchi hollar chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan shakllanib, harakatning manbaini, qaerdan boshlanganligini anglatadi, qaerdan? so’rog’iga javob bo’ladi. Moskvadan keldim, - deb kulib qo’ydi Mirzaev.
Harakatning yo’nalishi va oxirgi chegarasini ko’rsatuvchi hollar jo’nalish kelishigi bilan shakllanadi, qaerga? so’rog’iga javob bo’ladi. Siddiqjon Bekobodga jo’nab ketdi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin