Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə73/104
tarix25.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#134226
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
portal.guldu.uz-ONA TILI

Payt holi. Ish-harakatining bajarilish paytini bildiruvchi hollar payt holi deyiladi. Ish-harakat paytini bevosita ifodalash payt ravishlariga va vaqtni anglatuvchi otlarga xosdir: yozda, hozir, ertalab, tongda kabi.
Payt holi qachon? qaysi vaqtda? qachondan beri? qachondan boshlab? qachongacha? qay vaqtga qadar? singari so’roqlarga javob bo’ladi. Payt holi asosan quyidagicha ifodalanadi:
1. Payt ravishlari bilan: Kontsert juda kech tamom bo’ldi.
2. Otlashib, o’rin-payt kelishigida shakllangan sifat, harakat nomi, mavhum ot bilan: Qaytishda ular ancha qiynalishdi.
3. Payt ma’nosini anglatuvchi so’zlar bilan: Men ko’rgan paytda u kichkina edi.
4. Sifat, son va vaqtni anglatuvchi so’zlardan tashkil topgan birikmalar bilan: Issiq oylarda g’o’zani tunda sug’oradilar.
Harakatning bajarilish jarayoniga, vaqtga munosabatiga ko’ra payt holi quyidagicha bo’ladi:
A) harakatning boshlanish paytini ko’rsatuvchi hollar: Ertadan boshlab qo’shma gaplarni o’rganishga kirishamiz.
B) harakatning tugash paytini bildiruvchi hollar: Yig’im-terim 20 noyabrga qadar davom etadi.
Sabab holi. Ish harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hollar sabab holi deyiladi. Sabab holi nima sababdan?, nima sababli?, nima uchun?, qanday munosabat bilan?, nimaga?, nima natijasida? kabi so’roqlarga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi:
1. Ravishdosh bilan: Sevgilisining qamchilanishiga chiday olmay maydonga otildi.
2. Frazeologik birikma bilan: Shomil do’stining astoydil ishlashga bel bog’laganidan xursand bo’ldi.
3. Ot, olmosh, harakat nomi, sifatdoshlarning ko’makchilar bilan birikib kelishi bilan: Yodgor extiyot yuzasidan juda past ovoz bilan kuylar edi..
Maqsad holi. Ish-harakatni bajarishdan maqsadni bildiruvchi hollar maqsad holi deyiladi. Maqsad holi nima maqsadda? nimaga?, nima uchun? qanday maqsad bilan? singari so’roqlarga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi:
1.Ravish bilan: Solovyov asirlar bilan gaplashar ekan, atayin vahimali gaplarni aytardi.
2.Ravishdosh bilan: Nay eshitgani keldik.
3.Harakat nomi bilan: Bizni chipta kovushni o’rishga yuborishdi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin