Turlari va ma’nosi
|
Ifodalanishi
|
Misollar
|
Ravish (tarz) holi. Harakat-ning qanday bo’lishini bildiradi.
|
Holat ravishi, olmosh, ravishdosh, sifat, taqlidiy so’z va ko’makchili konstruktsiyalar bilan
|
Yangi ariqqa suv ochish marosimi tantanali o’tkazildi.
Kul rang osmon sekin-sekin qizara boshladi.
Ta’til oylari bilinmay o’tib ketdi.
Karim ma’ruzani diqqat bilan eshitdi.
|
O’rin holi. Harakatning bajarilish o’rnini, bo’lish, chiqish, boshla-nish, borish o’rinlarini bildiradi.
|
O’rin ravishlari, o’rinni bildiruvchi otlar bilan
|
Tevarak – atrofda chumchuqlar chirqillashadi.
Kechqurun Botirni Moskvaga kuzatishdi.
|
Payt holi. Harakatning bo’lishidagi umuman vaqtni, boshlanish va eng keyingi vaqtlarni bildiradi.
|
Payt ravishi va payt ma’nosini ifodalovchi otlar bilan
|
Yaxshi niyatli kishilarning istaklari hamma vaqt ro’yobga chiqadi.
Bir necha kundan so’ng Botir chigit ekilgan maydonga keldi.
|
Sabab holi. Harakatning bo’lishidagi sabab ma’nosini bildiradi.
|
Chiqish kelishigi-dagi so’z bilan, uchun ko’makchisi qo’-shilgan birikma bilan, ravishdosh va ravishdosh obo-rot bilan
|
Karima sevinganidan qichqirib yubordi.
Bobolarimiz savodsizligi uchun yangiliklardan habarsiz qolgan.
Havoning buzilishi sababli sayohat qoldirildi.
|
Maqsad holi. Harakatning bo’lishidagi maqsadni bildiradi.
|
Jo’nalish kelishi-gidagi so’z bilan, - gani shaklidagi so’z bilan.
|
Olimpiada g’oliblarini qarshi olgani to’plandik.
O’quvchilar Arslonbobga ekskursiyaga borishdi.
Biz institutni muvaffaqiyatli bitirish uchun harakat qilmoqdamiz.
|
Miqdor-daraja holi. Harakatning uzoq davom etishi va aksi; bajarilish darajasini bildiradi.
|
Miqdor-daraja ravishlari, ko’makchili birikmalar bilan
|
Ko’p bilgan oz so’zlar.
Bu qissani uch marta o’qib chiqdim.
Botirga o’lim bir mata keladi, qo’rqoqqa ming marta. (Maqol)
|
Shart holi. Harakatning bajarilish shartini bildiradi.
|
Shart maylidagi fe’l bilan, ravishdosh oborot bilan, ko’makchili konstruktsiya bilan
|
Halima majlisga ulgursa keladi.
Nurmatjon kimyogarlik nima ekanini yaxshi biladi: «kimyogar istasa g’ishtni, toshni tilla qiladi». (A.Q.)
|
To’siqsizlik holi. Harakatning bajarilishiga to’siq bo’lgan shartni bildiradi.
|
- sa ham - -ga qaramay kabi shakllar bilan
|
Boboqul charchasa ham piyoda yuraverdi. Bobomurod bir parcha non topsa ham mehmonsiz emaydi.
Mehmonlar kuchli yomg’irga qaramay etib kelishdi.
|