2-masala. Uyushiq bo’laklarning semantik-sintaktik xususiyatlari. Darsning maqsadi:talabalarda uyushiq bo’laklar to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI :
1. Uyushiq bo’laklarning ta’rifini aytib beradi.
2. Uyushiq bo’laklarni izohlaydi.
3. Uyushiq bo’laklarni topib beradi.
4. Uyushiq bo’lakli gapning qo’shma emas,sodda gap ekanligini asoslab beradi.
2-masala bayoni: O’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash intonatsiyasi yordamida bog’langan, bir xil so’roqqa javob bo’lgan, gapda bir xil sintaktik vazifa bajaruvchi so’zlar tizmasi gapning uyushiq bo’laklari deyiladi. Masalan : U tez va ravon o’qidi. Magazindan qalam, daftar, chizg’ich oldim. Uyushiq bo’laklar o’zaro tenglashish, boshqa gap bo’laklari bilan esa tobelanish asosida bog’lanadi. Bog’imizda turli mevali daraxtlar: bodomlar, shaftolilar va o’riklar gulladi.
Gap bo’laklarining barchasi uyushib kela oladi . Eganing uyushib kelishi: O’tmishda halkimiz orasidan Beruniy va Navoiy, Ulug’bek va Boburlar etishib chiqqan. Kesimning uyushib kelishi: U urnidan turdi, ammo gapirmadi. To’ldiruvchining uyushib kelishi: Men uning jasorati va mardligi, chidam va sadoqatiga qoyil qoldim. Aniqlovchining uyushib kelishi: Ijodiy ish go’zal, juda ham og’ir va hayron kolarli darajada xursand kiluvchi mehnatdir. Izohlovchining uyushib kelishi: O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Izzat Sulton – o’zbek adabiyotshunoslarining otaxoni.
Holning uyushib kelishi: Adolat qo’rqib, qaltirab, jaxl ustida yonib, tez-tez gapirardi.
Uyushiq bo’laklarning Har biri son, egalik kesimlik affikslari, ko’makchilar bilan kelishi mumkin. Bunda ularning har biri ta’kidlanadi: Menga ham, senga ham, ukangga ham etadi .
Son, egalik. kelishik qo’shimchalari, ko’makchilar uyushiq bo’laklarning oxirgisida kelib,ularning hammasi uchun umumiy bo’ladi: Hayotning mazmuni kishining mehnati, akl zakovoti, yurish-turishi, jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Uyushiq bo’laklar yig’iq va yoyiq holda bo’ladi: bir gap bo’lagining o’zi uyushib kelsa, yig’iq, bo’lar o’ziga oid so’zlar bilan kengaytib kelsa.yoyiq bo’ladi. Gulistonda kursdoshlarim: Ali, Ibrohim, Rahimjonlarni ko’rdim. Go’zal qizlar, mard yigitlar dalalarda baxt topdilar.
Uyushiq bo’laklar umumlashtiruvchi so’zlar bilan qo’llanishi mumkin. Umumlashtiruvchi so’z jins tushunchasidan keng tushunchani ifodalovchi so’z bo’lib, uyushiq bo’laklar tushunchasi o’sha keng tushunchaning ichiga kiradigan tushunchalardan iborat bo’ladi. Umumlashtiruvchi bir so’z yoki so’z birikmasi bilan ham ifodalanadi: Hamma keldi: Qo’chqor, Sodiq va boshqalar. Sho’x yigitlar, erka qizlar quvnashar, qahqahlashar. Gapda ketma-ket kelgan sifatlovchilar uyushib kelgan bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin: Sifatlovchilar predmetni bir tomonidan aniqlab, uning turli yoki bir belgisini bildirsa va o’zaro teng holatlarda bo’lsa, uyushib keladi.
Sifatlovchilar predmetni turli tomondan, ya’ni rang, shakl, material, vaqt, hajm, tus kabi belgi-xususiyatlar tomonidan aniqlasa, uyushmagan bo’ladi. Uyushmagan sifatlovchilar o’z sifatlanmishi bilan murakkab so’z birikmasi hosil qiladi: Bahodir ota oppoq uzun soqolini salobat bilan silardi.