Salim, Hakim va Olimlar ta’tilda ham ishladilar, ham dam oldilar.
To’ldiruvchi
O’qituvchimiz qalam, daftar va kitoblarni tarqatdi. Bo’ridan, echkiemardan qo’rqardi. (S.Ahm)
Aniqlovchi
Bog’imizda oq, qizil, pushti gullar chamanday ochilib yotibdi.
Hol
Suyima tez va ravon o’qidi. Tomlardan, ivigan devorlardan bug’ ko’tarila boshladi. (S.Axm.)
Muhokama uchun savollar 1. Uyushiq bo’laklarning ta’rifi
2. Qaysi gap bo’laklari uyushadi?
3. Uyushish uchun nimalar zarur?
4. Uyushiq bo’laklar qanday bog’lanadi?
5. Uyushiq kesimlar qo’shma gap hosil qilishi mumkinmi?
3-masala. Ajratilgan bo’laklarning semantik-sintaktik xususiyatlari. Darsning maqsadi: Talabalarda ajratilgan bo’lak va gap bo’laklarining ajratilishi haqida aniq tushuncha hosil qilish.