Ma’nosi |
Tuzilishiga ko’ra turlari
| Misollar |
Gapdagi asosiy fikrga yo’l-yo’lakay qo’shimcha dalil bayon qiluv-chi, to’ldiruvchi, aniqlik kiritish maqsadida qo’lla-nuvchi so’z, birik-ma va gaplar. (Gapning boshida kelmaydi.)
|
Kiritma so’z
|
Onam (o’gay) qarg’agani- qarg’agan.
Nomer xizmatchisidan bu yaqin orada hammom (mo’rcha) borligini so’radi.
Saida Sultonova snayper (mergan) bo’lib jang qildi.
Buvim yasagan patir-kulchalarga nonpar (chekich) bosa boshladim.
|
Kiritma birikma
|
Uning xotini (mahsumning onasi) sal ilgariroq qazo qilgan edi. (H.G’)
Aleksey Tolstoy meni to’xtatib so’radi (albatta tarjimon orqali):
Bu odat (mehmonlarni elpib qo’yish) xonlar, beklar zamonasidan qolgan. (G’.G’)
|
Kiritma gap
|
U bejirim tuflisi bilan erni duk- duk bosib (bu duk-duklardan Qahramonning yuragi go’yo mix qoqilayotganday zirqirab ketdi) mashina tomon yurdi. (O.Yo.)
Kelganlarning biri- novchasi partbyuro a’zolaridan biri (sekretar kasal edi), semizi bosh agronom edi. (Sh.)
O’sha yosh bolani (u ota- onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi.
|
Kiritma belgi
|
«Avtor mana shu bachkana(?) munosabatlarning hammasini poetiklashtirib tasvir etadi». Nahot poetiklashtirilgan (!) tasvir bachkana bo’lolsa. (M.Nurmatov)
|