"Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam, Siz Bani Isroildan bo’lgan, Musodan keyingi bir jamoatning holi - xabarini bilmadingizmi? Ular o’zlarining payg’ambarlariga: "Biz uchun bir podshoh tayinlagin, biz u bilan birga Allohning yo’lida jang qilaylik", - deyishdi. "Agar sizlarga urush farz qilinsa, ehtimol, urushmassiz", - dedi payg’ambar. Ular aytdilar: "Diyorimizdan haydalib, bolalarimizdan ajralib turibmiz-ku, nega Alloh yo’lida urushmas ekanmiz?" Endi ularga urush farz qilinganda oz kishidan boshqa hammalari urushdan bosh tortdilar. Alloh o’z ahdu paymonidan qaytib, o’zlariga zulm qilguvchilarni Bilguvchidir. Payg’ambarlari ularga aytdi: "Albatta, Alloh sizlarga Tolutni podshoh qilib tayinladi". Ular: "U qayoqdan bizga podshohlik qilsin, axir, biz podshohlikka undan ko’ra haqliroqmiz. Qolavesa, unga katta mol-davlat berilmagan-ku!" - dedilar. Payg’ambar aytdi: "Albatta, Alloh uni sizlarning ustingizdan podshoh qilib tanladi. Va unga ilmda va jismda quvvatni ziyoda qildi. Alloh podshohlikni O’zi istagan kishiga beradi". Alloh fazlu karami keng, Bilguvchidir.
110
Payg’ambarlari ularga aytdi: "Uning podshoh bo’lib saylanganligining alomati sizlarga bir sandiq kelishidirki, unda Robbingiz tomonidan xotirjamlik, Muso va Horun oilalaridan qolgan meros jo qilingan. Uni farishtalar ko’tarib turadilar. Agar chindan iymon egalari bo’lsangiz, bu voqeada sizlar uchun oyat - alomatlar bordir. Tolut askarlari bilan chiqqach, aytdi: "Albatta, Alloh, sizlarni bir daryo bilan sinaydi. Kim undan ichsa, mening