Akrom malik


lashkarimdan emas, kim undan ichmasa, u mendandir. Faqat qo’li bilan



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix25.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#125839
1   2   3
Jangchi. Akrom Malik

lashkarimdan emas, kim undan ichmasa, u mendandir. Faqat qo’li bilan 
bir hovuch olsa, mumkindir". 
U daryodan oz kishilardan boshqa hamma suv ichdi. Tolut iymon 
keltirgan kishilar bilan birga daryodan o’tgach, askarlar: 
"Endi bu kun Jolut va uning lashkarlariga kuchimiz yetmaydi", - dedilar. 
Allohga ro’baro’ bo’lishlariga ishonadigan zotlar: 
"Qanchadan qancha kichkina guruhlar Allohning izni bilan katta guruhlar 
ustidan g’alaba qilgan. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir", - dedilar. 
Ular Jolut va unga ko’ringanlarida aytdilar: 
"Robbimiz, ustimizdan sabr-toqat yog’dirgin, qadamlarimizni sobit qil va 
O’zing bizni bu kofir qavm ustiga g’olib qil!" 
Allohning izni bilan ularni yengdilar. Va Tolutning askarlaridan bo’lgan 
Dovud Jolutni o’ldirdi. Alloh Dovudga podshohlik va payg’ambarlikni ato 
qildi hamda unga O’zi xohlagan narsalaridan ta’lim berdi. 
Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf qilib turmasa, 
shubhasiz, Yer yuzi fasodga uchraydi. Lekin Alloh barcha olamlar ustidan 
fazlu karam Sohibidir!" 


111 
(Ushbu oyatlarning ma’no tarjimasi shayx Alouddin Mansurning 
Toshkentda 2019 yil nashr etilgan "Qur’oni azim muxtasar tafsiri"dan 
olindi.)
SHUKRONA SO’ZI 
Abdulla Qodiriy bundan yuz yil avval yangi zamon uchun yangi qissalar 
aytishga o’zida majburiyat sezishini "O’tkan kunlar"ning so’zboshisida 
yozgan. Bu majburiyat o’z burchini anglagan har bir adibga xosdir. 
Yangi zamonga zamon voqealari bilan emas, o’tmish voqealari ila gapirish 
ham mumkin. Buyuk yozuvchimiz ham, shu sababli, o’z ro’moni uchun 
mavzuni "o’tmishning kirli va qorong’u kunlari"dan tanlagan bo’lsa, ajab 
emas. 
Xudodan ajralgan adabiyot o’limga mahkumdir. Adabiyotning o’limi - uning 
o’qilmay qolishidir. Bizda o’zbek adiblari XX asrda nima uchun jahon 
miqyosida tanilmagani haqida o’ylaydiganlar bor. Javobi oddiy: dahriy 
tuzum ularni xudodan ajratdi. Ular yozgan asarlarda xudo yo’q edi va bu 
asarlarni istibdod ichidagi xalqimizgina majburan o’qidi. Erkin xalqlar esa 
mutlaqo qiziqmadi. Qiziqmaydi ham, albatta. 
Jahonning barcha mumtoz asarlari ilohiyat va odam masalasini yoritgan. 
Masalan, Dante, Shekspir, Gyote, Tolstoy, Dostoyevskiy, Markes va hokazo. 
Sovet tuzumi iymon-e’tiqodni ta’qiqlagani uchun ongi bichilgan adabiyot 
bu haqda his etish tugul, o’ylashga qodir emas edi. 
Bugun mohiyatga qaytish fursati keldi. Millat o’zligini tanishga intilarkan, 
albatta, Xudoni tanishga majbur. Kaminaning "Jangchi" qissasi shu yo’lda 
bir tajribadir. 
Bu qissa Allohdan yordam so’ragan holda yozildi. Uning kitobxonga yetib 
borgani muallif uchun buyuk ne’matdir. 
Allohim, ushbu qissani hammamizga har tomondan manfaatli et! 


112 
So’zlarimizni go’zal etganing kabi niyat va o’ylarimizni, amal va ishlarimizni 
go’zal va O’zingga maqbul ayla! 
Akrom Malik, 
Toshkent, 2020. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin