Aksiyadan daromad olish usullari


Aksiya sotib olib qancha daromad olish mumkin?



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/8
tarix02.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#137014
1   2   3   4   5   6   7   8
AKSIYADAN DAROMAD OLISH USULLARI

Aksiya sotib olib qancha daromad olish mumkin?
Bugungi kunda ko'pchilik fond bozori va kapitalni aksiyalarga investitsiya qilish imkoniyatlari haqida yetarli ma’lumotga ega.


Ammo birjada pul ishlash uchun bu bilimning o'zi yetarli emas. Daromaddan tashqari, investor to'g'ridan-to'g'ri zarar olishi va hatto barcha kapitalini yo'qotishi mumkinligini ham bilishi kerak. Avvalo, investor bozorga nima uchun kelganini va undan nima olishni xohlayotganini tushunishi kerak.
Uzoq muddatli o'quv kursini tugatib va ko'plab kitoblarni o'qigandan keyin ham, fond bozorida savdo qilishni istagan inson haqiqiy savdo tajribasiga ham ega bo'lishi kerak. Faqatgina bu omillarning barchasi birgalikda aksiyalardan daromad olishga va kelajakda uni yo'qotmaslikka yordam beradi.
Ma’lumki, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan daromad aksiyalarni bugun bir narxda sotib olish va ma’lum vaqtdan keyin boshqa narxda sotish orqali shakllanadi. Shuningdek, aksiyalardan olingan daromad dividendlar shaklida ham bo’lishi mumkin, ammo barcha kompaniyalar ham dividend to'lamaydi.
Bugun biz bir nechta aksiyadorlik jamiyatlari misolida sizga aksiyalarni sotib olish orqali qancha va qanday qilib daromad olish mumkinligi haqida gapirib beramiz.
Aksiyalarni sotib olish uchun boshlang'ich kapital sifatida biz 10 million so'mni olamiz.
1. “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati.
Aksiyaning yil boshidagi narxi: har bir aksiya uchun 32 051 so‘m.
Hozirgi narxi: 87 500 so'm.
Dinamika: 173%
Dividend: 0%
Yil boshida 10 million so‘mga 312 donaga yaqin qimmatli qog‘oz sotib olish mumkin edi. Bugungi kunga kelib portfel narxi 27,3 million so'mgacha oshgan bo'lardi, ya'ni bugun aksiyalarni sotish orqali 17,3 million so'm daromad olish mumkin edi. Kompaniya dividendlar to'lamaganligi sababli, yakuniy daromad 17,3 million so'mni tashkil qiladi.
2. “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki.
Aksiyaning yil boshidagi narxi: har bir aksiya uchun 27 so‘m.
Hozir narxi: 48 so'm.
Dinamika: 78%.
Dividend: 0%.
Odatda arzon aksiyalarni faqat lotlarda sotib olish mumkin. Masalan, bitta lot 1000 ta aksiyaga teng. Shu bois 10 million so‘mga yil boshida 370 ga yaqin lot yoki 370,4 ming dona aksiyani sotib olish mumkin edi. Yil boshidan buyon aksiyalar 78 foizga o'sdi va endi ularning portfeldagi qiymati 17,8 million so'mni tashkil qiladi. Daromad – 7,8 mln. so‘m.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin