Aksiyadorlik jamiyati tashkil etish tartibi reja: Aksiyadorlik jamiyati qanday ishlaydi



Yüklə 33,11 Kb.
səhifə6/8
tarix02.12.2023
ölçüsü33,11 Kb.
#137119
1   2   3   4   5   6   7   8
AKSIYADORLIK JAMIYATI TASHKIL ETISH TARTIBI

13-modda. Jamiyatning ustavi
Ustav jamiyatning ta’sis hujjati bo‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
jamiyatning to‘liq (agar bo‘lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadi;
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan ulushning eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.


Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustavida qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyat aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra uch ish kuni ichida ularga jamiyatning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra unga jamiyat ustavining ko‘chirma nusxasini berishi shart.
14-modda. Jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Jamiyat yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga jamiyatning ustavini va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarini taqdim etadi. Davlat tashkilotini o‘zgartirish yo‘li bilan tashkil etilgan, shuningdek bitta muassis tomonidan tashkil etilgan jamiyat jamiyatning ustavini taqdim etadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ustavi qonunga muvofiq emasligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan uch oy muddatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi, jamiyatning kuzatuv kengashi, ijroiya organi haqidagi (tegishincha direktori, boshqaruvi, ishonchli boshqaruvchi to‘g‘risidagi) va taftish komissiyasi (taftishchisi) to‘g‘risidagi ularning faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek jamiyatning mazkur organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartib-taomilini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi shart.

Yüklə 33,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin