Aksiyadorlik jamiyati tashkil etish tartibi reja: Aksiyadorlik jamiyati qanday ishlaydi


-modda. Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Yüklə 33,11 Kb.
səhifə7/8
tarix02.12.2023
ölçüsü33,11 Kb.
#137119
1   2   3   4   5   6   7   8
AKSIYADORLIK JAMIYATI TASHKIL ETISH TARTIBI

15-modda. Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shu jumladan jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning 14-moddasida jamiyatni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Jamiyatning ustaviga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
3-bob. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali). Jamiyatning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari, jamiyatning sof aktivlari
16-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) va aksiyalari
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak.
Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.

Jamiyat davlat mulki negizida tashkil etilayotganda ushbu davlat mulkining (tashkilotning yoki boshqa mol-mulkning) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan bozor qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) summasini tashkil etadi.


(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Bunda joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizidan oshmasligi kerak.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi)
Jamiyat ta’sis etilayotganda uning barcha aksiyalari jamiyat muassislari o‘rtasida joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 33,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin