17-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyat ustavida belgilanadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 18-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish Oldingi tahrirga qarang. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin.
Qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilangan bo‘lishi kerak.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda jamiyat ustavida ko‘rsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak.
Jamiyatning tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish haqidagi qaror jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarordir.
Oldingi tahrirga qarang. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning o‘z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(18-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning o‘z kapitali hisobidan ko‘paytirishda qo‘shimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bo‘lsa, ayni o‘sha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ko‘paytirilishi natijasida ko‘paytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan bo‘lsa, jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABYOTLAR:
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni. 2019-yil, 9-dekabr.
Sh.SH. Shodmonov, U.V.G’afurov, “Iqtisodiyot nazariyasi” , T.: - “Fan va texnologiya”, 2017 yil
Турсунов Б.М. Внешнеэкономическая деятельность и привличение иностранных инвестиций. Курс лекций. -Т.: «Узбекистан», 2018. с.-45
Тожибоева Д. ―Иқтисодиѐт назарияси‖: 2-китоб: Олий ўқув юртлари талабалари учун ўқув қўлланма. -Т. «Шарқ», 2018, 79-б.