272
– Havodismi? Qani so‘zlang-chi, mulla Kalonshoh.
Kalonshoh so‘zlay bering, degandek Shahodat mufti-
ning o‘ziga ishorat qildi. Shahodat mufti ko‘zini yuminqi-
rab, havodisdan
1
sahifa ochdi:
– Havodis shulki, Anvar borasig‘a sizning olg‘an
nishoni n giz jiddan to‘g‘ri tushib, biz kutkandan ham
ziyod roq samaraga erishkan, ya’ni mag‘rur go‘dagimiz
qizni olib qochqan...
Mulla Abdurahmon hakimona iljaydi, Shahodat mufti
davom etdi:
– Chamasi, nisfi shab-yarim kecha asnosi, do‘stim,
deb yonid a qiz, Sultonalining uyiga kelgan. Sultonali tong
otquncha ikki go‘dakning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘la-
tib chiqqan, erta bilan ular uyquda yotqanda, Sulton ali
o‘rdag‘a yugurib kelgan; voqi’ani tunqotar
2
хong‘a yo‘liqib,
хonning buyrug‘i bilan yonlarig‘a yasovullar olib kelsa-
lar, oshiq-ma’shuq yo‘q, ular joyida Sultonaliga atalg‘an
bir sabnoma
3
bor... Chamasi, Sultonali ablahlik qilib, An-
varni bad oldirib qo‘yg‘an va tong vaqti, ular uyquda ekan
choqda g‘oyib bo‘lib, yana shubhani ortdirg‘an bo‘lsa ke-
rak. Sultonali Anvar bilan qizni tutib beralmasa ham, ba-
harhol хong‘a yaхshi ko‘rinib, Anvarning o‘rnini olishqa
muvaff aq bo‘ldi. Barcha havodis mana shundan iborat.
Abdurahmon hikoyani eshitkandan keyin, bir necha
vaqt so‘zsiz o‘lturdi. Tanchadagi olovni tuzatar ekan, yer
ostidan muftilarga qarab iljaydi.
– Mirzo Boisdan ham shu maolni
4
eshitkan edim, – dedi
ni hoyat. – Janoblarning fi krlari balki to‘g‘ridir, ammo men
bu maol dan biroz shubha qilaman...
– Ya’ni, masalan?
Abdurahmon qo‘lini o‘ynab, yana biroz sukutda o‘l-
turdi, so‘ngra labi ohista-ohista ochilib yumila boshladi:
1
Dostları ilə paylaş: