Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Savol  va  topshiriqlar:


304
1. She’rning  birinchi  bandini  diqqat  bilan  o‘qing  va  хalqqa 
хos  хususiyatlar  badiiy  jihatdan  qanday  aks  etganligini 
ang lating.
2. She’rdagi:  «Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar, Bir 
intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar»  misralarida  хalqqa  хos 
qanday sifatlar tasvirlanayotir deb o‘ylaysiz?
3. Хalqning  yaratuvchilik  qudrati:  «Yo‘qlikni-da, ochlikni-
da yo‘q etar, O‘z yurtini har narsaga to‘q etar...»  satr-
larida qanday ifodalanganligiga e’tibor qiling.
4. She’rni yod oling.
BINAFSHA
Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko‘chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qayg‘ungga tutilgan?
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho‘zilding?
Binafsha,
Ayt menga,
Kimlardir, ularkim,
Ignani bag‘ringga sanchalar?
Binafsha,
Bir so‘yla,
U qanday qo‘llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yanchalar?
Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor,
Ko‘nglimga isriqlik to‘kmaysan?

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin