Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

 
 
 
 
 
      UO‘K 82(075.3) 
 
 
 
 
 
      KBК  83.3
UO‘K 82(075.3)
КBК  83.3
     А–29
ISBN 978-9943-26-611-7
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi hisobidan chop etildi.
А–29
  M a s ’ u l   m u h a r r i r :
Vahob RAHMONOV,  
filologiya fanlari nomzodi


3
BADIIY  SO‘Z  QUDRATI
lohiy  kitoblarda  aytilishicha,  so‘z  dunyodagi 
barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilar-
ki, Tangri o‘zining qudrati va jamoliga ko‘zgu 
bo‘  ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kun    -
larning  birida:  «Yaral!»  (arabchasi  «Kun!»)  – 
degan  so‘zni  aytadi.  Yaratgan  amrining  ifo-
dasi  bo‘lmish  ana  shu  birgina  so‘zning  kuchi  bilan  o‘n 
sakkiz  ming  olam  va  undagi  jamiki  narsalar  dunyoga  kel-
di.  Demak,  so‘z  olam  va  undagi  narsalardan  oldin  paydo 
bo‘lgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bil-
sa bo‘ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat 
kasb  etadigan  badiiy  adabiyot  ana  shunday  qudratga  ega  
bo‘lgan  so‘z  bilan  ish  ko‘radigan  san’at  turidir.  Shuning 
uchun ham badiiy adabiyot so‘z san’ati deb yuritiladi.
Badiiy  adabiyot  san’atning  murakkab  va  serqirra  turi 
bo‘lib,  insonda  yuksak  ma’naviyatni  shakllantirishning  eng 
ta’sirchan vositasidir. Insondagi ismsiz tuyg‘ular, nozik ke-
chinmalar,  ko‘z  bilan  ko‘rib,  quloq  bilan  eshitib,  qo‘l  bi-
lan ushlab, til bilan totinib, burun bilan iskab bo‘lmaydigan 


4
ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mum-
kin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish 
quroli va materiali so‘z ekanligi bilan ajralib turadi.
San’atning  adabiyotdan  boshqa  har  qanday  turi  inson 
hayo ti  yoki  hissiyotining  faqat  birgina  holatini  ifoda  eta 
olad i.  Badiiy  adabiyot  esa  tasvirlanayotgan  narsa  yoki 
kimsa ning  hozirgi  holatini  qanchalik  ishonarli  aks  ettirsa, 
uning o‘tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta’sirchan 
va  jonli  tasvirlay  oladi.  Demak,  odamda  yuksak  ma’naviy 
fazilatlarni  shakllantirishda  ko‘rkam  (badiiy)  adabiyotning 
imkoniyati  benihoya  katta.  Siz  teatr,  kino,  televideniyeda 
ham  shunday  imkoniyatlar  bor-ku,  deyishingiz  mumkin. 
Unutmangki, har qanday spektakl, kino yoki telefi lmlarning 
negizida ham badiiy so‘z turadi.
Ko‘rkam adabiyotda aks ettirilgan hayot serqirra ekani-
dan  tashqari,  kishiga  qattiq  ta’sir  ham  qiladi.  O‘zingizga 
juda  yoqqan  badiiy  asarni  o‘qigan  holatingizni  bir  eslab 
ko‘ring.  Asarda  tasvirlangan  obrazlarning  ham,  bu  qah-
ramonlar  kechirgan  tuyg‘ularning  ham  sizga  to‘g‘ridan 
to‘g‘ri  daхli  yo‘qligini  yaхshi  bilasiz.  Asar dagi  voqealar 
hozir  ro‘y  bermayotganligini  ko‘rib  turibsiz.  Lekin  siz 
asardan  bosh  ko‘tara  olmaysiz.  Asar  qahramonlari  sizga 
hech  kim  bo‘lmasalar-da,  ular  bilan  go‘yo  qarindosh-u
taqdirdoshday  bo‘lib  qolasiz.  Ularning  tuyg‘u  va  ke-
chinmalari  siznikiga  aylanib  ketadi.  Kitob  qahramon-
lariga  qo‘shilib  quvonasiz  yoki  kuyunasiz.  Ba’zan,  hatto 
yig‘laysiz.  Nega  shunday?  San’atning  boshqa  turlari  ham 
odamga shu хilda ta’sir qilganligini ko‘rish mumkin. San’at 
asarlarining ta’sirchanligiga sabab nima ekan?
Mana, siz yettinchi yildirki, bir qancha o‘quv predmet-
lari bilan tanishib kelmoqdasiz. Ularning hammasi ham siz-
ga  cheksiz  olamning  biror  tarmog‘idagi  hodisalar  haqi da 


5
ilmiy ma’lumotlar berishga intiladi. Bu o‘quv fanlari sizning 
aq  lingizni o‘stirishga, tafakkuringizni yangi-yangi aхborotlar 
bila n  boyitishga,  shu  tariqa  sizni  zamon  talablari ga  javob 
bera oladigan, hayotning sinovlariga chidaydigan qilib tay-
yorlashga  хizmat  etadi.  Siz  o‘rgangan  o‘quv  fanlari  yor-
damida dunyoning sirlari haqida bilimga ega bo‘lasiz.
Badiiy asarlar ham sizning aqlingizni o‘stirishga хizmat 
qiladi.  Lekin  ular  aqlingizdan  ham  ko‘ra  ko‘proq  hissiyo-
   ting iz      ga,  tuyg‘ularingizga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Badiiy  asar 
yuragingizni bezovta qiladi. Sizni loqaydlikdan хalos etadi. 
Kitob  varaqlari  ichida  yashayotgan  qahramonlarning  ho-
latiga  befarq  bo‘lmaydigan  odam  o‘zining  atrofi dagi  tirik 
kishilar ning  quvonch-u  g‘amlariga  ham  loqayd  qarab  tura 
olmaydi.  Nima  uchun  badiiy  asarlardagi  qahramonlarning 
tuyg‘u-kechinmalari  bizga  o‘tadi,  «yuqadi».  Biror  qiziqar-
li  badiiy  asarni  o‘qigan  kitobхon:  «Ha,  hayotda  shunaqasi 
ham  bo‘lar  ekan- da»,  –  deb  qo‘ya  qolmaydi.  U  qaysidir 
qahramonni  yaхshi  ko‘rib  qoladi  va  unga  o‘хshagisi  ke-
ladi.  Boshqa  bir  qahramondan  esa  nafratlanadi  hamda  un-
day  bo‘lmaslikka  intiladi.  Asar  ta’sirida  bir  muddat  o‘yga 
cho‘madi.
Siz  bultur  o‘rgangan  «Materik  va  okeanlar  tabiiy 
geografi ya si»,  bu  yil  o‘qiydigan  «O‘zbekiston  tabiiy  geo-
grafi yasi» singari darsliklarda kecha va kunduz, uning eng 
go‘zal hamda so‘lim fursati bo‘lmish tong to‘g‘risida, Qu-
yosh  haqida  ancha  ma’lumot  beriladi.  Quyosh  bo‘lmasa, 
Yerda  hayot  bo‘lishi  mumkin  emasligi  ham  aytila di.  Bu 
ma’lumotlar  sizning  bi limlaringizni  ko‘paytirishga  ta’sir 
qiladi. Ular tufayli kecha, kunduz, tong va hokazolar bora-
sida  oldin  bilmagan  narsa lardan  xabardor  bo‘lasiz.  Ayni 
vaqtda,  Sizda  tongning  juda  go‘zalligi  haqida  tushuncha 
ham  paydo  bo‘ladi.  Lekin  bu  tushuncha  va  axborotlar  ta-


6
fakkuringizni  o‘stirsa  ham  hissiyot  va  tuyg‘ularingizga 
deyarli  ta’sir  qilmaydi.  Endi  shoir  Rauf  Parfi ning  «Tong 
otmoqda...»  deb  nomlangan  she’ridan  bir  parchani  o‘qib 
ko‘raylik:
Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar,
Tong otmoqda, Quyosh – zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar
Boshlarida yashil chambarak.
Shoir  tong  otishi  qanday  sodir  bo‘lishini  batafsil  tas-
virlab,  nima  uchun  shunday  bo‘lganligini  ilmiy  asosda  tu-
shuntirib bera yotgani yo‘q, balki mavjud hayotiy holatning 
badiiy  man zarasini  yaratmoqda.  Bu  manzarada  tabiatshu-
noslik  yoxud  geografi ya  ilmidagi  axborotlarda  bo‘lmagan 
bir  narsa  –  shoirning  tuyg‘u  va  kechinmalari  bor!  Shoir 
tong  otish  jarayonini  juda  go‘zal  tasvir  etadi.  O‘quvchini 
ham  tongning  chindan-da  chi royli  otishiga  ishontiradi. 
Quyosh ning  zambarak  bo‘lib,  «o‘qlar»  (nurlar)  otishi, 
o‘sha  o‘q lardan  Yerni ng  yaralani shi  va  bu  yaralanish  tu-
fayli o‘lim emas, balki boshida «yashil chambarak», ya’ni 
hayot  paydo  bo‘lishi  juda  ham  o‘ziga  xos,  ta’sirchan  ifo-
dalangan. Ayni damda, she’rda ma’lum darajada ilmiy ax-
borot ham yo‘q emas. 
Chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib  olingan  ona  yur-
timiz  Turkis tonning  ozodligi  yo‘lida  kurashgan  kishilarni 
bolsheviklar  qanday  shafqatsizlik  bilan  qirganligi,  o‘lka 
nechog‘liq  oyoqosti  etilganligi  to‘g‘risida  tarixchi  olim 
shunday  yozadi:  «Butun  Turkiston  o‘lkasida  1918-yildan 
1930-yillargacha  davom  etgan  milliy  ozodlik  kurashi  ja-
rayonida  halok  bo‘lganlarning  sonini  hech  kim  bilmay-
di.  Taxminiy  hisob-kitob  qilishlaricha,  faqat  Turkiston 
o‘lkasida halok bo‘lganlar soni 800000 dan ortiq... Ko‘plab 


7
oilalar  o‘z  uy-joylarini  tashlab,  ...boshqa  o‘lkalarga  bosh 
olib  ketishga  majbur  bo‘ldilar.  O‘nlab  qishloqlar  bo‘shab, 
quzg‘unlar  o‘lkasiga  aylangan,  dalalarni  o‘t-o‘lan  bosib, 
ekin ekilmay qolgan»
1
.
Xuddi shu hodisa ko‘plab turkistonlik vatanparvar adib-
lar  tomo nidan  turli  janrlardagi  asarlarda  zo‘r  qayg‘u-alam 
bilan  aks  ettirilgan.  Cho‘lponning  «Buzilgan  o‘lkaga» 
she’ridan olingan q uyi da gi parchaga quloq tutaylik:
Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on,
Ustlarida na poda bor, na yilqi.
Podachilar qaysi dorga osilg‘on?
Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga
Oh, yig‘i. Bu nega?!
Cho‘lponning  she’ri  ham  bolsheviklar  qirg‘ini,  sho‘ro 
mustamlakachilari  tomonidan  o‘lkamizning  vayronaga, 
o‘lik xonaga  aylantirilgani  haqida.  Lekin  bunda  bironta 
raqam,  bironta  ism,  nasab,  nom  keltirilmaydi.  Vayron  qi-
lingan  shaharlar,  egasiz  qishloqlar  sanalmaydi.  Shunday 
bo‘lsa ham o‘quvchi qalbida bosqin chiga nafrat uyg‘onadi, 
u  millatimiz  boshiga  ko‘p  balolar  keltirgan  yovuz lardan 
g‘azablanadi,  o‘tmishga  beparvo  qaramaydigan  bo‘ladi. 
Aslida tarixchi olim ham raqamlarni loqaydlik bilan keltir-
gan  emas.  Uning  ham  qalbida  nafrat  tug‘yon  urganligi 
ayon.  Lekin  ilmda  olim  xolis  bo‘lishi  shart.  Xolis  tasvir 
o‘quvchining ongiga ta’sir ko‘rsatsa ham, tuyg‘ularini jun-
bishga keltiradigan darajada bezovta qilmaydi. 
Cho‘lponning  she’ri  esa  aynan  tuyg‘ularga  ta’sir 
ko‘rsatish  uchun  bitilgan.  U  she’rxonning  hissiy  dun-
yosini  bezovta  qiladi.  Chunki  shoirning  o‘zi  tuyg‘ular 
1
  Yurakdagi  Buxoro  (to‘plam).  Toshkent.  «Sharq»,  1998.  55-
bet.


8
girdobida.  U  xolis  emas.  Negaki,  yomon  ko‘rmay  turib, 
nafrat  qo‘zg‘ashning,  yaxshi  ko‘rmasdan  esa,  muhabbat 
uyg‘otishning  imkoni  yo‘q.  Demak,  olim  ilmiy  tad qiqotda 
xolis  bo‘lishga,  tuyg‘ularini  mumkin  qadar  jilovlab,  ke-
chinmalarini  bildirmaslikka  urinishi  shart  bo‘lsa,  shoir 
o‘z  hissiyotini  yashirmaydi,  uni  imkon  qadar  o‘quvchiga 
«yuqtiradi».  Shuning  uchun  ham  badiiy  asar  ta’sirchan 
bo‘ladi.  Uning  musiqiy  ohangi,  so‘zlarning  mahorat  bilan 
ishlatilishi natijasida paydo bo‘lgan sehr li holat o‘quvchini 
o‘ziga  jalb  etadi.  Aytilganlardan  хulosa  qi lish  mumkinki, 
inson ilmiy adabiyot orqali dunyoni aql bilan tanisa, badiiy 
adabiyot  orqali  olamni  ko‘ngil  bilan  tuyadi.  Shu  ma’noda 
ada biyotni  hayotning  in’ikosi  (surati)  deyish  mumkin. 
Ammo unin g suratga tushirilgan ayni nusхasi emas.
Badiiy  adabiyotning  ilmdan  tub  farqi  shundaki,  u 
ma’naviy  haqiqatlarni  aks  ettiradi,  fan  esa  ilmiy  haqiqat-
larni  ifoda  etadi.  Il miy  haqiqatning  haqiqatligi  fi kr,  man-
tiq orqali bilinsa, ma’naviy haqiqatni his-tuyg‘u vositasida 
tuyish mumkin. Ma’naviy haqiqatlar inson mavjudligining 
maqsadini belgilab bersa, ilmiy haqiqatlar ana shu maqsad-
ga  erishishga  хizmat  qiladigan  vositalarni  topib  beradi. 
Bu  holat  shuni  ko‘rsatadiki,  inson  faoliyatida  ma’naviyat 
birlamchi  ahamiyatga  ega,  ammo  ilmsiz  uni  shakllantirish 
mumkin  emas.  Chunki  ma’naviyatsiz  fan  bo‘lmaganidek, 
ilmsiz ma’naviyat ham yo‘qdir.
Badiiy asarlarning kishida his-tuyg‘u uyg‘otishining sa-
babi  shundaki,  har  qanday  badiiy  asar,  avvalo,  kechinma, 
hissiyot,  munosabatning  mahsulidir.  Adabiyotdan  bo‘lak 
o‘quv  fanlarida  hissiyot  bo‘rtib,  ko‘zga  tashlanib  turmay-
di. Badiiy adabiyotda, asosan, tuyg‘ular bilan ish ko‘riladi. 
Hamisha  ta’sirlar  og‘ushida,  munosabatlar  va  kechinma-
lar  qurshovida  bo‘linadi.  Chunki  yozuvchi  o‘z  kechinma 


9
va  hissiyotlarini  kitobхondan  bekitmaydi,  aksincha,  unga 
yuqtirishga  intiladi.  Mana  shu ning  uchun  ham  badiiy  asar 
qahramonlari хuddi tirik odamlarday, go‘yo yaqin kishilar-
day kitobxonni bezovta qiladi, o‘ylantiradi.
Asar  yozayotgan  ijodkor  hech  qachon  хolis  turmaydi. 
Chunki ijod jarayonining o‘zi хolislik, betarafl ik holati ning 
buzilishi  oqibatidir.  Shuning  uchun  ham  ijodkor  hamisha 
tuyg‘ular  og‘ushida  bo‘ladi.  Chinakam  ijod  namunalari 
ijodkorlarning  hissiyotlari  ifodasidir.  Adib  doimo  nimani-
dir  yoq laydi  yoki  inkor  qiladi.  Yozuv chining  tuyg‘ulari 
nechog‘liq kuchli, nigohi o‘tkir, dardlari sal moqli, tili biy-
ron  bo‘lsa,  o‘quvchi  uning  asarlariga  shunchalik  qattiq 
beriladi.  Buning  ustiga,  badiiy  asarlarning  o‘ziga  хos  mu-
siqiyligi,  ohangdorligi,  so‘zlarning  mahorat  ila  ishlatilishi 
tufayli paydo bo‘lgan holat, ijodkorning dunyoni tasvirlash-
dagi o‘ziga хosligi kitobхonni rom etadi.
Ba’zilar badiiy asarlarning ta’sirchanligiga sabab ularda 
qiziqarli voqealarning tasvirlanganligi deb o‘ylashadi. Hol-
buki,  qiziqarli  voqealarning  o‘zi  hali  asarning  badiiyligini 
to‘la  ta’minlay  olmaydi.  Aхir,  har  bir  odamning  boshidan 
qanchadan  qancha  qiziq  voqealar,  sarguzashtlar  o‘tgan. 
Lekin  ular  qog‘ozga  tushirilsa,  badiiy  asar  bo‘lib  qolaver-
maydi-ku?!  Ko‘rinadiki,  badiiy  adabiyotni  ilmiy  ada-
biyotdan  farqlab  turadigan  narsa  uning  qiziq  voqealar  tas-
viriga bag‘ishlangani emas ekan. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, 
siz shu vaqtga qadar o‘qigan, yodlagan ko‘pgina she’rlarda, 
umuman,  hech  qanday  voqea  tasvirlanmaydi  ham.  Lekin 
ular sizga ta’sir ko‘rsata olga n.
Ko‘rkam adabiyotning asosiy belgisi va odamga chuqur 
ta’sir  etishining  boisi  uning  obrazli  ekanidir.  Agar  shun-
day  bo‘lsa,  badiiy  obraz  o‘zi  nima  degan  savol  tug‘iladi. 
Yuqorida  aytilganlarga  asoslanadigan  bo‘lsak,  qisqagina 


10
qilib  ijodkorning  fi kr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin