Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


 Xalqning: «Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir»



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

7. Xalqning: «Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir» tar-
zidagi xitobiga tayanib, bobolarimiz tabiatini sharhlang.
8. To‘marisning  shaxsiyatini,  mardligini  ko‘rsatuvchi  mis-
ra larni matndan alohida ajratib o‘qing. Uning shaxsiyati-
ga baho bering.
9. Siz tarix darsida o‘qigan «To‘maris» afsonasi bilan «Mard -
 lik  afsonasi»  balladasi  mazmunida  qanday  farq  va  o‘x-
shash  liklar bor? Ikki asarni taqqoslab, fi kringizni ayting.
10. «...Yovdan faqat tuproqda qonli iz qoldi. Tunda yom-
g‘ir, sel kelib yuvdi uni ham! Go‘yo qayta boshidan 
pok landi  olam!» satrlarini sharhlang.
Savol  va  topshiriqlar:


38
BALLADA
She’riyatning  o‘ziga  xos  janri  bo‘lgan  ballada  fransuz-
cha  «ba lada»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  «raqs  qo‘shig‘i» 
ma’nosini  anglatadi.  Hajman  u  qadar  katta  bo‘lmagan  bu 
xil  asarlarda  shoir  o‘z  his-tuyg‘ularidan  tashqari  ana  shu 
tuyg‘ularga sabab bo‘lgan voqealarni ham tasvirlagan. 
O‘zbek  adabiyotida  balladalar  ko‘proq  tarixiy-fantastik 
va  qahramonlik  yo‘nalishlarida  bitilib,  ularda  o‘tmishda 
ko‘pchilikning foydasi yo‘lida fi doyilik ko‘rsatgan kishilar-
ning jasoratini tasvir laydi.
Shoir  Shuhrat  qalamiga  mansub  Siz  tanishib  chiqqan 
«Mardlik  afsonasi»  balladasi,  ko‘rganingizdek,  xalqimiz-
ning  shonli  o‘tmishidagi  qahramonliklardan  birini  tasvir-
lashga  bag‘ishlangan.  Bobolarimiz  tarixida  bo‘lib  o‘tgan 
o‘sha  ha yotiy  voqea  Shuhrat  tomonidan  boshqacharoq 
talqin etilgan. «Mardlik afsonasi»da shoir asarda aks etgan 
voqealarga  aralashadi,  qahramonlarning  xatti-harakatlariga 
munosabat  bildiradi.  Shuhrat  To‘maris  va  uning  o‘z  qav-
miga  muhabbatini,  ayni  vaqtda,  Kayxusrav  va  uning  bos-
qinchi qo‘shinlariga nafratini ochiq bayon etadi.
Balladada  To‘marisning  qahramonligiga  alohida  urg‘u 
be riladi.  Yovqur  ayolning  qonxo‘r  bosqinchi  bilan  yakka-
ma-yakka  olishuvi  va  zo‘ravonlikni  kasb  qilgan  Kayxus-
ravni  yenggani  ta’sirli  ravishda  aks  ettiriladi.  Ballada  jan-
rining talabidan kelib chiqib, To‘marisning bosqinchi forsni 
o‘z qo‘li bilan o‘ldirgani alohida tasvir etiladi. Shuningdek, 
asarda To‘maris qanchalik jangovar hukmdor, mohir jang-
chi bo‘lmasin, el-ulusning fi krini tinglaydigan, unga quloq 
s oladigan  odam  sifati da  ko‘rsatiladi.  Bu  hol,  obrazning 
ta’sir  kuchini  ya nada  oshirib,  unga  insoniy  joziba  baxsh 
etadi.


39
She’riyat, mazlumga homiylik qilding,
Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning.
Olding panohingga notavonlarni,
Zolimlarni esa dushman deb bilding.
asr  jahon  she’riyatining  yirik  vakili  Rasul 
Hamzatov 1923-yilning  8-sentabrida  tu g‘ildi. 
O‘n  uch-o‘n  to‘rt  yoshlaridan  she’rlar  yoza 
boshlagan.  Rasul  Hamzatov  mustaqil  hayot-
ga  barcha  tog‘lik  yigitlar  singari  erta  qadam 
qo‘ydi.  O‘n  sakkiz  yoshidan  o‘qituvchi,  artist 
va  muxbir  sifatida  turli  jabhalarda  mehnat  qildi.  Shu  jara-
yonda ona xalqining turmush tarzi va o‘ziga xos ruhiy dun-
yosi  bilan  yaqindan  tanishib  bordi.  Otasi  –  Dog‘istonning 
mashhur shoiri Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qarashga, 
hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga o‘rgatdi. 
Uning  birinchi  kitobi  1943-yilda  chop  etildi.  1945-yil-
da Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olishga kirishdi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin