Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Rasul 
Hamzatov
(1923–2003)


40
Iste’dodli  shoirning  dastlabki  yozganlariyoq  she’riyat  shi-
navandalarining  sevimli  asarlariga  aylandi.  Deyarli  barcha 
asarlari yozilishi bilan rus tiliga o‘girila boshlandi. Rus tili 
orqali  jahonning  turli  tillariga  tarjima  qilindi.  Jahonga  ta-
niqli shoir 2003-yilning 3-noyabrida dunyo dan o‘tdi.
R.Hamzatovning  «Tog‘  qo‘shig‘i»,  «Mening  qalbim 
tog‘ larda»,  «Tog‘  qizi»,  «Dog‘istonim»,  «Yuksak  yulduz-
lar»,  «Tug‘ilgan  kunim»,  «Tog‘likning  vatani»,  «Ovul-
dan  xat»  singa ri  o‘nlab  she’riy  kitoblari,  qator  poemalari 
shoirning  nomini  jahon  she’riyatining  eng  ilg‘or  vakillari 
qatoriga  olib  chiqdi.  Uning  she’rlari  o‘z  xalqining  milliy 
odatlarini juda yor qin aks ettirishi bilan, bo‘ysunmas, erk-
sevar tog‘ xalqiga xos ruhiy holatlarni haqqoniy tasvirlashi 
bilan diqqatga sazovordir.
Rasul  Hamzatov  o‘z  millatidan  g‘ururlanar  ekan,  uni 
boshqa  millatlarga  qarshi  qo‘ymaydi.  O‘z  sha’ni  yo‘lida 
sovuq  yiltira yotgan  xanjar  tig‘iga  qarshi  bora  oladigan  er 
yigitlari,  go‘zal  va  sadoqatli  qizlari  uchun  faxr  tuyg‘ularini 
sevib  kuylagan. 
1.  Rasul Hamzatov hayoti sanalarini sinchiklab o‘rganing. 
Uning dastlabki asarlari chiqqan davrga xos xususiyat-
larni aniqlang.
2.  Shoirning she’riyatiga xos xususiyatlarni aytib bering. 
Bu she’r larning mashhurligi sabablarini izohlang.
3.  Shoirning  avar  xalqi  milliy  ruhiyati  yorqin  aks  etgan 
she’rla rining  bosh qa  xalqlar  she’rxonlariga  ma’qul 
ke lish sababi haqida o‘ylab ko‘ring.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin