54
ti, ya’ni qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziqligi ham muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek she’riyatiga xos
vaznlardan yana biri
erki n she’r tizimi deb ataladi. Er-
kin vaznda bir o‘lchamdan boshqasiga erkin o‘tib keti-
laveradi. Unda na bo‘g‘inlar va na turoqlar sonining bir
xilligiga rioya qilinadi.
Barmoq she’r tizimida ikki xil vazn bor:
sodda vazn,
qo‘shma vazn. Agar she’rning boshidan oxirigacha mis-
ralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lsa,
sodda vazn de-
yiladi. Masalan:
Qani, ayt, maqsading nimadir sening?
– 11 bo‘g‘in
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang?
– 11 bo‘g‘in
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,
– 11 bo‘g‘in
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? – 11 bo‘g‘in
Misralardagi bo‘g‘inlar miqdori ikki xil ko‘rinishda
bo‘lsa,
qo‘shma vazn deb ataladi. Qo‘shma vaznda
bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lmagan misralarning muay-
yan tartibi she’r oxirigacha qat’iy saqlanadi. Masalan, Mir-
temirning
Alisherga
alla aytib uxlatgan
– 11 bo‘g‘in
Sen – ona.
– 3 bo‘g‘in
Og‘ushida
Bobur kamolga yetgan
– 11 bo‘g‘in
Sen – ona,
– 3 bo‘g‘in
misralari bilan boshlanuvchi she’rida barcha toq misra-
lardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil va barcha juft misra-
lardagi bo‘g‘inlar miqdori boshqacha xil ko‘rinishga ega.
E.Vohidovning «Majnuntol» she’rini ham qo‘shma vaznga
misol qilish mumkin:
Qubbon
1
sohilida qomating bukib,
– 11 bo‘g‘in
Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib,
– 11 bo‘g‘in
1
Qubbon – ko‘l nomi.
55
Nimalar
haqida surasan xayol,
– 11 bo‘g‘in
So‘yla, majnuntol?
– 5 bo‘g‘in
Barmoq she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlarning
muayyan guruhlarga bo‘linishi
turoq deb ataladi. Bo‘g‘in-
larning qanday ko‘rinishda turoqlarga bo‘linishi esa
she’rning o‘ziga xos ohangini keltirib chiqaradi.
Solishtiring:
4
5
Garchi shuncha/ mag‘rur
tursa ham
4+5=9
Piyolaga/ egilar choynak.
4+5=9
Shunday ekan/
manmanlik nechun,
4+5=9
Kibr-u havo/ nimaga kerak?
4+5=9
yoki
6
5
Tuproq ko‘chalardan/
chopgan bolalik
6+5=11
Yillar changi ichra/ asta yo‘qoldi.
6+5=11
Bolalik ketdi-yu/ sho‘x suhbatlarda
6+5=11
Uni kula-kula/ eslamoq qoldi.
6+5=11
She’r vaznlari haqida tushunchaga ega bo‘lish she’r
o‘qish va uni tushunishga yordam beradi.
56
oir va yozuvchi Mirmuhsin Mirsaidov 1921-yil-
ning 3-mayida Toshkent shahrining Qo‘rg‘on-
tegi mahallasida kulol oilasida tug‘il di. O‘rta
maktabni bitirgach, Toshkent davlat pedago-
gika institutiga kirib, uni 1942-yilda tugatdi.
Bo‘lajak yozuvchi 1944–1946-yillarda Res pub-
lika radio qo‘mitasida muharrir, 1947–1961-yillar orali -
g‘i da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1950- yil -
dan 1960-yilgacha «Sharq yulduzi» jurnali bosh muha rriri,
1961–1963-yillarda «Qizil O‘zbekiston» gazetasida bo‘lim
mudiri, 1963–1971-yillarda «Mushtum» jurnali bosh mu-
harriri, 1972-yildan 1981-yilga qadar yana «Sharq yulduzi»
jurnali bosh muharriri, 1982–1994-yillarda «Guliston» jur-
nali bosh muharriri vazifalarida ishlagan.
Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936-yil-
da «Sheralining mardligi» va «Ovchi bolalar» nomlari bilan
she’r va hikoyalar to‘plamlarini chiqargan. 1938-yilda «Qa-
mar» nomli ilk dostoni bosilib chiqdi. 1948-yilda «Vafo»,
«Qadrdon do‘stlar», 1951-yilda «Farg‘ona», 1952-yilda
Dostları ilə paylaş: