14
Millatim nasli bashardur
1
, Vatanim kurrai arz
2
,
Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz.
amza 1889-yilning 6-martida Qo‘qon shahrida
tug‘il gan. Otasi, o‘zining ta’biri bilan aytganda,
«Buхoroga borib хalq do‘qtiri bo‘lib qaytgan»-
ligi uchun shoir nomiga tabibning o‘g‘li ma’-
nosida Hakimzoda qo‘shib aytiladi. Niyoziy
shoirning adabiy taхallusi. Hamza o‘z tarjimayi
holida o‘n yoshida «o‘zbekcha, forschaga
tom savodli» bo‘lganli gini yodga oladi. Ya’ni bu ikki
tilda o‘qib, yozib, fi krlay olish iqtidoriga ega bo‘lgan. Shu
boisdan bo‘lsa kerak, Hamza o‘n yoshidan Qo‘qondagi
madrasalardan birida o‘qiy boshlaydi. 1908-yilda Naman-
gan ga borib, tahsilni davom ettiradi. U yerda Abdulla
To‘q mullin degan tatar ma’rifatchisi bilan tanishadi. Shoir
tarjimayi holida eslashicha, o‘n yoshlaridan she’r mashq
qila boshlagan. To‘qmullin Ham za ning yuz sahifadan or-
1
Bashar – odam, kishilik, inson.
2
Kurrai arz – yer kurrasi.
Dostları ilə paylaş: