161
9. Suratini uzuk ko‘zida birgina marta ko‘rgan qizni topish
uchun yurti, ota-onasini tashlab yo‘lga tushgan Ravshan
tabiati haqida qanday fi krdasiz?
10. Ravshanbek qalpoq bozorini izlar ekan,
«G‘amning lo-
yiga botibman», – deya nola qiladi. Bu nolani qanday
sharhlaysiz?
11. Ravshanbek:
«Eldan o‘zgan chin suluvni ishqib il-
dirsam, deb keldim», – deydi. Bu gaplarni izohlashga
urining.
12. Dostonda bozor qanday tasvirlangan? Bu tasvir qadimiy
o‘zbek
bozorining ruhini bera oladi, deb o‘ylaysizmi?
13. Ravshanbek qizlarga qarata:
«Kuygan alvon-alvon so‘z-
lar», – deydi. Bu e’tirofning tagma’nosini izohlang.
14. Dostondan bog‘ tasvirini toping. Shunga tayanib, bobo-
larimiz ning ming yillar oldingi turmush tarzlari, madani-
yat darajalari ha qida fi kr yuriting.
15. Zulxumor Ravshanbekning uzugini ko‘rib, uni huzuriga
chorlagani sababini tushuntiring.
16. Kampirning Ravshanga munosabati, undagi onalik mehri -
ning kuchi va sabablari haqida mulohaza yuriting.
17. Kallarning hunarlariga e’tibor bering. Ular xalqimizning
timsoli bo‘la oladilarmi?
18. O‘g‘lini qutqarish uchun ketayotgan Hasanxonning ruhiy
holatini doston matniga tayanib tasvirlab bering.
Dostları ilə paylaş: