6.«Onam deb bo‘lg‘usi bag‘ri qizil qonimni sog‘indim» misrasida ifodalanayotgan ma’noni anglating.
7. Shoiraning o‘ziga nisbatan ishlatgan sifatlashlari orqali
iztirobni, o‘g‘liga qo‘llagan sifatlar vositasida sog‘inchni
ifodalaganini tahlil qilib chiqing.
8. She’rda o‘g‘ilning holati, kechinmalari ham aks etganmi?
9. Holat va kechinmalar tasviri uchun qo‘llangan ifodalarni
toping, ularning g‘azal badiiyatida tutgan o‘rnini sharh-
lang.
10. She’rni yod oling.
CHISTONLAR 1 Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon,
Necha gulgunpo‘sh
1
qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarig‘a parda tortig‘liq turarlar bag‘ri qon.
2 Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida,
Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
Barcha qushlarning so‘ngoki
2
ichida,
Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.
3 Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagan,
Ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qil sig‘magan.
1