Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

IKKI  XIL  SADOQAT
Kechasi  yomg‘ur  savalag‘anday  yog‘ib  turadir...  Qop-
qorong‘i,  olti  qarichlik  tor  ko‘chaning  muyushida  turg‘an 
bir ko‘laga yomg‘urdan qochqan kabi kichkina eshik pana-
siga siqilg‘an va zo‘r berib eshikni qoqadir.
– Kim?
– Men, oching.
– Safarmisan?
– Ha.
Eshik zanjiri «shirq» ko‘tarildi. Yomg‘urda bo‘kkan Safar 
o‘zini torg‘ina, oldi ochiq yo‘lakka olib, eshikni zanjirladi.
– Tinchlikmi?
–  Tinchlik,  –  dedi  eshik  ochqan  kampir.  –  Nega  kech 
qol ding, Safar?
– Yomg‘urni ko‘rmaysizmi...
...Safar hujraning eshigini ochib, ichkariga kirdi. Sandal 
ustiga  qora  charog‘  qo‘yib,  oldig‘a  kitob  yozg‘an  Anvar 
Safar bo‘zchining istiqbolig‘a qo‘zg‘aldi.
1
  Mu’tamad – ishоnchli. 
2
  Rоg‘ib – mоyil. 


278
– O‘lturing, o‘lturing, shu ishingiz yomon-da, mirzam... 
Salomatmisiz?  Zerikmadinglarmi?  Uch  kun  kechikdim-a. 
Mendan  xafa  bo‘lg‘an  chiqarsiz-ov...  Ha  deganda  u  yoq-
dan  xabar  bo‘lavermadi,  uning  ustiga  ayollar  navqaslanib
1
 
qoldi...
– Zarari yo‘q, toza ivibsiz, Safar aka. Asli bu kun ham 
chakki ovora bo‘lg‘ansiz.
–  Jazzasi  choponni  solib  tashlash-da
2
,  mirzam,  –  dedi 
Safar  choponni  yechib.  –  Qani,  o‘lturing...  Yurtda  tinch-
lik,  yor-do‘stdan  sizga  salom,  mirza  og‘ayningiz  xotirjam 
mirzaboshiliqni  qilayapti...  Men  bo‘lsam,  sengayam  bali, 
ustozinggayam bali, deb yurippan.
Anvar  iljaydi.  Safar  bo‘zchi  sandal  yonig‘a  o‘lturib, 
mahsisining qo‘njidan bir qog‘oz oldi. Anvar qog‘ozni un-
dan  olib  sandal  ustiga  qo‘ydi.  Qoziqda  osilg‘an  choponini 
keltirib, Safarning yaktakchan yelkasiga yopti.
– Shamollaysiz, Safar aka, o‘ranib o‘lturing.
– Hamma vaqt kayib qog‘ansiz-da, mirzam, – dedi Sa-
far va ustig‘a yopilg‘an beqasam choponning astar-avrasini 
tekshirdi.  –  Toza  yaxtak  kiymagan  edim,  buningiz  menga 
uval-da, uka, – deb siqilinqiradi.
Anvar o‘lturar ekan, e’tiborsiz qo‘l silkdi va sandal usti-
dan xatni olib ochdi:
«Baland  maqom,  loyiqi  ehtirom,  burodarim  mirzo  An-
var.
Do‘stlar  shod,  dushmanlar  g‘amgin,  yavmi  saodat
3
 
yaqin dir... Kaminag‘a xonning e’timodi yondashmoqda va 
ul  andeshalarimiz  ehtimoli  bizdin  uzoqlashmoqdalar.  Mo-
jaro  bir  necha  kun  sir  bo‘lib  kechsa  ham,  alhol  o‘rdadin 
ba’zilar bu sirdan voqif bo‘lg‘ang‘a o‘xshaydirlar, ...ochiq 
so‘zlashka hech kimda had yo‘q. Ammo ikkinchi tarafdan, 
sizni  izlashka  maxfi y  buyruqlar  berildi,  darvoza  beklari 
1
 Navqaslanmoq – kasallanmoq. 
2
 Solib tashlash – yechib tashlash. 
3
 Yavmi saodat – saodat kunlari.


279
yonig‘a xufyalar yuborildi, binobarin, sizdin iltimos, ushbu 
xavfl ar ko‘tarilguncha benihoyat ehtiyot bo‘lish, Toshkand 
niyatini bir necha haftaga qo‘yishdir. Xizmatingizga Safar-
boy  bilan  ushbu  xatni  ozgina  kechiktirib  yuborishim  bo i-
si  ham  mazkur  xavfl ar  borlig‘idin  bo‘lib,  ma’lumingiz dir, 
Safarboyning  tabiatida  andak  beboklik  va  loqaydlik  bor. 
Ikkinchidan,  sizga  tegishlik  ajablanarli  xabar  shudirkim, 
kecha  o‘rdadin  qaytib  kelsam,  mehmonxona  sahnida  uch 
nafar yigit o‘ltiribdir. Har uchavi ham bizning Farg‘ona ki-
yimida bo‘lmag‘an bu yigitlarni ariza yozdirg‘ali kelganmi, 
deb o‘yladim. Salom-alikdin so‘ng ularni mehmonxonag‘a 
olib  kirdim.  So‘rashishgach,  yigitlardan  biri  menim  kim 
ekanligimni aniqlab oldi, so‘ng afsus chekib, sizning moja-
rongizni  so‘zladi.  Men  tamom  hayratda  qolib,  xufyalarmi, 
degan andeshaga tushdim. Bu hodisani kimdan eshitdingiz, 
mirzo Anvarga qanday aloqangiz bor, deb so‘radim. Opam-
dan eshitdim, o‘zim mirzo Anvarning og‘asi bo‘laman, de-
gan  javobni  berdi.  Men  taajjubda  qoldim;  zero,  og‘angiz 
borlig‘ini sizdan eshitmagan edim. O‘tkan xatimda yozg‘a-
nimcha, bu yigitka ham opangizg‘a bergan javobni aytdim, 
ya’ni,  o‘zimni  oqlash  uchun  hodisaga  birmuncha  yolg‘on 
ara lashtirib  so‘zladim.  Yigit  –  og‘angiz  bo‘lmish  afsus 
chekti,  o‘n  yillardin  beri  Qo‘qonda  bo‘lmag‘anlig‘ini,  bu-
xorolik  bir  sarkarda  eshigida  xizmat  qilg‘anlig‘ini,  qarin-
doshlarini ko‘rish uchun Buxorodan Samarqandga kelib, u 
yerdagi katta og‘asini topolmag‘anlig‘ini, undan Qo‘qonga 
o‘tib,  bunda  ham  sizga  yo‘liqolmay  qolg‘anini  so‘zladi. 
Shundan so‘ng unin g ustidagi shubham biroz arib, ko‘ngil 
ko‘tardim.  Og‘angiz  bo‘lmishning  yonidaqi  yigitlar  biz-
ning  bu  taraf  kishisiga  o‘xshamaydirlar.  Bular  og‘angiz 
bo‘lmishning hamrohlari Qo‘qonni tomosha qilg‘ali kelgan 
emishlar. Sizga og‘aliq da’vo qilg‘uchining ismi Qobilboy, 
tusi sizga o‘xshab ketsa ham, pahlavon yigit va har uchavi 
ham  zabardast  ko‘rindilar.  Har chand  qistasam  ham,  ular-
ni  ovqatqa  to‘xtatib  bo‘lmadi.  Siz  kechagi  maktubi n gizda 


280
mening  sarmunshiy  tayinlanishimdan  tashvishlanib,  orada 
muftilar,  Abdurahmonlar  bor,  sizga  birar  zahmat  yetarmi, 
degan  andeshani  yozibsiz!  O‘tkan  xatimda  yozg‘animdek, 
bu  «marhamat»dan  bosh  tortishqa  hech  bir  yo‘l  topma-
dim,  agar  uzr  bayon  qilsam,  sizni  tutib  berishka  bo‘lg‘an 
harakatimning   soxtaligi  ochilish  ehtimoli  bor  edi.  Chunki 
xong‘a  sadoqat  bizning  «odamlar»  fi kricha,  birar  manfaat 
taqozosidir.  Agar  men  xong‘a  «sadoqatlik  qul»  ekanman, 
bu  «sadoqat»  zamirida  bir  manfaatim  bo‘lmog‘i  lozimdir-
kim,  ul  ham  bu  do‘stimni...  «sadoqatimg‘a»  qurbon  qilib, 
evaziga  sarmun shiylik  masnadini  olishimdir.  Basharti  shu 
masnaddan  bosh  tortsam,  menga  ishonchsizlik  tug‘ulishi 
shubhasiz edi. Bas, shu majburiyatdan men bu vazifani qa-
bul  qildim.  Menga  zahmat  yetishi  to‘g‘risida  siz  tashvish 
cheka  ko‘rmangiz,  modomiki,  taqdirim  shu  ekan,  o‘zgasi 
mumkin  emasdir.  Bu  yo‘lda  qanchalik  zahmat  chekmayin 
va hatto boshim ham ketmasin, menim uchu n qiymatlirog‘i 
insonga  sadoqat  va  shu  sadoqatni  to  o‘lguncha  qo‘ldin 
bermaslikdir.  Singlimiz  Ra’nobibiga  salom  aytursiz.  Ota-
onalariga  hech  bir  zarar  bo‘lmadi,  faqat  «hadyalar»nigina 
qaytarib  oldilar.  Oxirg‘i  so‘zim  yana  ehtiyotlik  ustida: 
zinhor-zinhor har ehtimolga qarshi hozir tu rilsin.
Addoi mirzo Sultonali».
Anvar maktubni tugatib, oldida yonib turg‘an qora cha-
roqqa tutib, kuydirdi. 
– Ehtiyot kerak-a, Safar aka?
– Albatta, mirzam, albatta.
– Bu kecha qolasizmi, ketasizmi?
– Ketmasam bo‘lmaydi, Sultonalingiz xafa qiladi, uka.
 Anvar kuldi.
  –  Ketsangiz  xat  yozib  turishim  kerak  ekan,  –  dedi  va 
toq chadan siyoh-qalam oldi. – Isidingizmi, Safar aka?
– Ha-ha, jon kirib qoldi, mirzam!
«Qir-qir» xat yozib borg‘an Anvar... Safar bo‘zchiga yuz 
o‘girdi: 


281
–  Mundin  so‘ngg‘i  kelishingizda  mirzo  Sultonali  yo -
ni n gizg‘a  bir  kishi  qo‘shsa  kerak.  Siz  bu  yigitni  bu  yerga 
olib kelasiz, o‘zi mening og‘am bo‘ladir, xubmi?
– Xub, mirzam, xub. Mirza og‘ayningizg‘a shuni tayin-
lab bitsangiz bo‘ldi-da.
– Shunday, men bityapman.
Anvar yana yozuvg‘a qaradi, Safar bo‘zchi sandal ko‘r-
pasiga  o‘ranibroq  o‘tirdi.  Tashqarida  yomg‘ur  tinayozib, 
kuchlik  shamol  qo‘zg‘alg‘an,  yomg‘ur  tomchilarni  goho 
tom  ustiga  to‘pillatib  qattig‘  tushirar,  daricha  tirqishidan 
kirgan  shamol  bilan  qora  charog‘  chayqalib-chayqalib  yo-
nar,  ayvondagi  kampirning  chig‘irig‘idan  g‘ijillab  chiqqan 
tovush  mushuk  bola  movlagan  kabi  hujraga  eshi tilib  tu-
rardi.
BARIMTA
Kun  choshgohdan  oshib,  Chorsuda  xalq  olag‘ovuri 
boshlansa ham, bo‘sh do‘konlarning birida uch nafar yigit 
hanuz  dong  qotib  uxlar  edi.  Chorsuda  bo‘lib  turgan  tars-
to‘polon  go‘yo  bu  uch  yigitni  allalar  edi.  Boshiga  bit-
tadan shaparak kir yostiq qo‘yib, ostiga yalang qavat taqir 
ko‘rpacha  yozgan  va  ustiga  guppi  choponini  yopib,  yana 
shu holda bahuzur xurrak otib uxlagan bu uch yigit muso-
fi rga  o‘xshar  edilar.  Ular  shu  yo‘sin  rohat  qilib  yotganda 
taxtabandlik do‘kon yoniga tashqaridan birov kelib to‘xtadi 
va hamma tovushini qo‘yib, baqirib yubordi: «To‘xta, hovv 
Navro‘zqul!»
Uxlovchilarning ikkisi pinagini buzmadi, ammo do‘kon-
ning  to‘rida  yotgan  chuvak  bir  yigit  cho‘chib,  boshini 
ko‘tardi,  uyqulik  ko‘z  bilan  atrofi ga  qaragandan  keyin, 
hamyoza  tortdi,  kerishdi,  so‘ngra  eng  chetda  yotuvchiga 
ko‘zi  tushib,  yoni dagi  yigitni  turtdi:
– Tur, Shariyf, tur, peshin bo‘libtu!
Ikkinchi yigit ko‘zini ochdi:


282
– E, qo‘ysang-chi, Rahem.
– Tur-da, axe, ana Qobilboy ham keb to‘xtabtu!
Sharifboy  yostiqdan  burilib,  yonidagi  uchinchi  yigitga 
qara di:
– Pala’nat, qachon kelgan ekan?
–  Kim  bilsin.  Inisini  bo  uchratdimikin?  Qani,  uyg‘ot-
chi, pala’natini!
Sharifboy  yotgan  joyidan  qo‘lini  uzatib,  Qobilboyning 
murtidan tortdi, Qobilboy g‘ingshib uyg‘ondi:
– Tek yot, Sharif!
– Iningga yo‘liqdingmi?
–  Yo‘liqdim,  ikkavingga  salom  aytdi,  –  dedi  Qobilboy 
va  yuzini  ulardan  chetga  o‘girib  oldi.  –  Biroz  tinch  qo‘y, 
ux layman.
– Iybi, iybi, – dedi Rahim, – birodaring ahvolini gapir-
da, axe. Barpadari uyquki, peshingachikin bo‘lsa, ko‘chaga 
bo‘lib yotgan to‘palangni go‘shingga ilasanmi?
Kech keldim, ko‘p javrama-chi, Rahim!
–  Qorunni  to‘yg‘uzib,  so‘g‘un  uxla,  akun!  Qorinlar 
ham  piyoz  bo‘lib  to‘xtabtu,  nonushtani  qayerga  qilamiz, 
Shariyf?
– Choyxonaga ketamiz.
– Qani, sen ham kafaningni yopinib, shundaychikin yot-
ma. Pala’nating bo uxlab ketdimi?
Ikkisi  turib  kiyina  boshladilar.  Rahim  uzun  belbog‘ini 
to‘g‘rilar ekan, bir qancha chaqa va tangalari yerga sochilib 
tushdi.
– O‘xu, o‘xu, sabil, – dedi Rahim pullarni terib. – Xudo 
bularni  ham  ko‘p  ko‘rdi  chog‘i,  akun,  Qo‘qoning  bizga 
to‘g‘ri kelmadi, ish topilmayde, pul sochilade, och qolamiz 
chog‘i, Shariyf?
–  Qobilboyning  Qo‘qonjoniga  la’nat,  –  dedi  Sharif,  – 
loaqal temirchi ham shogird olmaydi, bizga biron ish topib 
bermasa, to‘p-to‘g‘ri nar  xar
1
  Qobilning  ustiga  minamiz?

Nar xar – hangi, erkak eshak. 


283
Bularning  vaqirlashiga  uyqusi  o‘chib  ketgan  Qobil, 
to‘n g‘ir - to‘ng‘ir  bir  narsalarni  so‘zlab,  yostiqdan  boshi  ni 
ko‘ tardi.
–  Chumchuqdek  chirqillashdinglar-da,  tojiklar!  –  dedi 
Qobil. – Ishsiz  qolgan  bo‘lsalaring, Toshkandga  ketamiz.
–  Ana-ana,  yana  topdi  gapni!  –  dedi  Rahim.  –  Valdir-
valdir qilasan, Qobilboy, akun, Toshkand borish uchun pul 
qani?
– Pul topiladi.
– Pul topiladi?! – deb kuldi Rahim, – bu bepadar boy-
vachchangni qara, Sharifboy!
–  Pul  topiladi,  –  dedi  yana  Qobilboy  va  yaktagini 
cho‘ntagiga qo‘l soldi. – Past odamsanlar-da: biring temir-
chining o‘g‘li, ikkinching shustagarning
1
 bolasi...
–  Voy-voy!  –  dedi  Rahim,  –  nazari  baland  bo‘yoqchi-
ning o‘g‘lidan xafa bo‘llem!
Qobilboy cho‘ntagidan bir narsa olib, ularning oyog‘i osti-
ga  tashladi  va  o‘zi  og‘zini  katta  ochib,  hamyoza  tortdi.
– Ana pul kerak bo‘lsa ol, sendeklarni bir yil boqadi!
Rahim  bilan  Sharifboyning  oyoqlari  ostiga  ikki  tillo 
kelib  tushdi,  ular  bir  oltinlarga  va  bir  Qobilboyga  qarab 
qoldilar:
– Iybi, kimni o‘ldirding?
– Ota kasbim odam o‘ldirish emas.
– Inisi bergan! – dedi Sharif. – Qani, ining bilan ko‘rish-
dingmi, Qobil?
– Ko‘rishdim.
– Odami nag‘z bo‘lg‘on?
– Odami nag‘z.
–  Akun  shu  qochib  yota  beraykan-da,  –  dedi  Rahim.  – 
Biron chora boqsin-da, aytmading-chi, axe?
– Aytdim... Payt topib hammamiz Toshkand ketmaqchi 
bo‘ldik.
–  Balli-balli!  –  dedi  Rahim  va  Sharifga  qarab  qosh 
qoq di.  –  Toshkand  ketamiz  digani  teksiz  emas  ekan-da, 
1
  Shustagar – yuvg‘ich, murdasho‘y. 


284
pala’natingni.  Hay,  ish  bitti,  Qobilboy,  Toshkandga  yura-
miz, o‘rusingni ham bir ko‘raylik
1
.
Sharif yerda yotgan ikki tilloni olib Qobilga uzatdi:
– Ma, tillangni kissangga tiq, Qobel!
Qobil olmadi.
– Tillo o‘zlaringga, ikkaving bir tillodan bo‘lib ol.
– Achchig‘ingni qo‘y, axe, biz senga dahanaki ayttik-da!
Qobil kuldi va parvosiz kiyina berdi.
– Olmaysanmi, pala’nat.
– O‘zlaringga deyapman-ku, inim senlarga atab berdi.
– Bizdan qarzi yo‘q-ku, axe?
–  Tushunmagan  odamlarsan-da!  –  dedi  Qobil.  –  Inim, 
qochib yotqon holda ularni mehmon qilolmadim, deb sen-
larga shu ikki tilloni berib yubordi... Endi tushundingmi?
– Voy, pala’nat... Hali sen bizni o‘z pulimiz bilan beti-
mizga urding?!
Qobil kuldi. Ular ikkisi birining og‘zidan biri olib, Qo-
bilni past urib, Anvarni maqtab ketdilar.
– San otang o‘g‘li emassan, agar otang o‘g‘li bo‘lsang, 
mirzo  Anvardek  mehmondo‘st  bo‘layding!  Mirzo  Anvar 
meh monning betini ko‘rmay, boshidan tillo nisor qilganda, 
sen  pala’nat  bizni  do‘konxonaga  qamab  qo‘yasan!  Buro-
daring  bo‘lmasa,  Qo‘qonjoningni  ko‘tarib  og‘zingga  uray-
dik, muru ningdan mag‘zi saring
2
 oqib tushaydi!
Qobil bir narsa deb to‘ng‘illadi.
– E, to‘ng‘illama, pala’nat! Biz pul oshnosi emas, odam 
oshnosi...  Seni  bozori  podshoga  olib  chiqsa,  og‘ziga  tish 
bor, deb sakkiz pulga ham olmaydi, ba xudo!
Ular  shu  hangomaning  ustida  edilarki...  Chorsudagi 
shov qin-suron  ichidan  bahaybat  bir  hayqiriq  eshitildi;  bo-
zor  olag‘ovuri  birdan  kesilib,  bu  uchovi  ham  tashqariga 
quloq solib qoldilar:
1
  Shu  vaqtlarda  Tоshkеnt  ruslar  qo‘lida  ekanligi  unutilmasin 
(mual.).
2
  Mag‘zi sar – miya qatig‘i. 


285
– Ey-y-y-y. Bozor aro yig‘ilishib gul terganlar!
Qasam yodlab, podshoga so‘z berganlar!
Mirzo Anvar otliq elga ma’lum kishi,
O‘rda ichra qalamkashlik erdi ishi.
Arzimagan gunohiga qochdi, ketdi.
Bundan andak podshohga ozor yetdi.
Uning do‘sti Sultonali nomlik mirzo
Bu qochishdan chekmakdalar behad izo.
Mirzo Anvar gunohida toyildi zor
1
,
Xaloyiqni to‘xtatishdan maqsadim bor.
Erta peshin asnosida Sultonali
Orsiz Anvar gunohiga o‘lgay, bali.
Jamiyatda hozir bo‘lsa osiy Anvar
Yoki uning do‘sti, oshnosidin birar.
Gunohingga Sultonali o‘lar, desin,
Erta peshin vaqti, afsus, so‘lar desin.
Iymonli qul nafsi uchun do‘stin sotmas,
Gunohi yo‘q oshnasini o‘tga otmas.
Quloq solgan gunohsizning faryodiga
Dard qolmagay, yetar har vaqt murodiga!
Jarchi to‘xtadi, shovqin-suron yana eskicha davom etdi. 
Jar ning  davomida  qulog‘i  tikkayib,  ko‘zi  katta  ochilgan 
Qobilboy sukutga ketdi...
– Nega xomush to‘xtading, Qobil? Akun jarching nima 
deb vaqirlaydi?
Qobil javobsiz boshini chayqadi.
– Gapur, – dedi Sharif, – Mirza Anvar, osiy Anvar, de-
yapti chog‘i?
Qobil yana javob bermadi.
– Zaboning bor, axe, burodaringni tutkanlar-chi?
– Yo‘q.
– Bo‘lmasa nega undaychikin xomush to‘xtading?
– Endi tutmakchilar...
1
  Gunоhida tоyildi zоr – gunоhiga qоldi bеchоra. 


286
– Endi, tutmakchilar? – deb zaharxanda qildi Rahim. – 
Dardi harinani tutadi!
–  Tushunmay  yotibsanlar,  anovi  kun  biz  bir  mirzoning 
uyiga borgan edik-a?
– Hay.
–  Ana  shuni,  sen  Anvarning  do‘sti  eding,  deb  barimta
1
 
ushlaganlar...  Ertagacha  Anvar  kelmasa,  shu  Sultonalini 
o‘ldurar emishla r!
...Qobil  do‘konxona  eshigini  yopib,  o‘rtoqlari  yoniga 
keldi. Uchovi bir necha vaqt xomush o‘tirdilar.
– Shu bevafo dunyoga bir ish qilamiz, Qobilboy, – dedi 
yana  ko‘zi  olalangan  Rahim.  –  Dayusingni  zindoni  qa-
yerga?
– Zindonni nima qilasan?
–  Ana  men  bor,  ana  Sharif,  ana  sen!  –  dedi  Rahim.  – 
Shu tunga uchovimiz borib yo o‘lamiz, yo shu bechorangni 
ro‘shnolikka olamiz!
Qobil manglay ostidan Sharifga ko‘z yubordi. Sharif ku-
limsirab, Rahimga qaradi.
– E, senga chi balo shud
2
?
– Hechchi – dedi Rahim. – Akun biz dunyoga nima olib 
bora miz,  hay  o‘lluk:  dunyoga  o‘n  tilla  pulimiz  qolaydimi 
yo uyga sochini tarab to‘xtagan xotunimiz qolaydimi!
– Yo‘q, qolaytikoni yo‘q! – dedi kulib Sharif.
– Dastasha gir! – dedi Rahim Sharif bilan Qobilga ikki 
qo‘lini  cho‘zib.  Ular  ikkisi  ham  iljaygan  ko‘yi  qo‘llarini 
berdilar. Lafzaton yakmi?
– Yak-yak, Rahim dav!
– Hazilash nest?
– Nest!
– Tamom, – dedi ikki qo‘lini bo‘shatib Rahim. – Shud!..
1
  Barimta – garоvga, kafilga оlish. 
2
  Chi balо shud – sеnga nima balо bo‘ldi?  


287

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin