Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

QO‘RQINCH  BIR  JASORAT
Qobilboy bu so‘zni eshituvchi quloqlariga ishonmagan-
dek, Anvar ning yaqinrog‘iga surildi.
Nima deyapsiz, Anvar, men yaxshi anglamadim?
Anvar yana o‘sha so‘zni takrorladi. Qobilboy, endi bir-
oz orqasiga tisarilib, ko‘zini katta ochdi va bir necha vaqt 
qotib turdi...
–  Siz  nima  qilmoqchisiz,  uka.  O‘z  oyog‘ingiz  bilan... 
Yo‘q, bu bo‘lmagan gap! Balki bu – xonning unga popisa-
sidir
1
, shu hiyla bilan maqsadga yetmoqchidir... Qo‘ying bu 
gapni, uka, qo‘ying!..
Anvar  hamon  boyagi  vaziyatda,  ko‘zini  bir  nuqtaga 
tikib,  sandal  ustidagi  qog‘ozni  og‘asi  yaqinrog‘iga  surib 
qo‘ydi...
1
  Pоpisa – po‘pisa, yolg‘оndan qo‘rqitish. 


292
–  Basharti,  popisa  bo‘lmasa?..  –  dedi  Anvar.  –  Xon 
popisani  bilmaydi,  uning  hamma  harakati  jiddiy!  Shun-
day,  siz  bu  xatni  er taga  uning  qo‘liga  berasiz  va  undan 
har  bir  yordamingizni  ayamaysiz!
Bu aqllik gap emas, uka...
–  Men  endi  shunga  qaror  berganman!  –  dedi  Anvar 
o‘zga rishsiz.  –  Bu  azmdan  qaytish  yo‘q...  Faqat,  siz  unga 
yordami ngizni  ayamaslikka  menga  so‘z   bersangiz  bo‘ldi!
Qobilboy  entikdi,  xatni  olib,  bir  necha  fursat  sukutda 
o‘ltirdi... So‘ngra birdan o‘rnidan turib hujradan chiqa bosh-
ladi.
– Yo‘l bo‘lsin?
– Ketayapman.
– Xayr, kechiringiz!
Qobilboydan javob bo‘lmadi.
Kun  qiyomga
1
  yaqinlashgan.  Yana  biror  soatdan  so‘ng 
Sultonalini  o‘limga  olib  chiqar  edilar.  O‘rdadan  hech  kim 
uning  najot  topishiga  ishonmas;  xonning  oldiga  chaqiril-
di  –  o‘ldi,  basharti  gunohi  bo‘lib,  iqror  qilsa,  yana  jazoga 
qoldi,  vassalom.  Ammo  Anvar  xon  huzuriga  kelib,  o‘zini 
uning hukmiga topshiradi, chin yigitlik yo‘li bilan do‘stini 
qutqaradi, degan xayolga kim ishonsin? Kecha jarchi ko‘y-
guzarlarni  aylanib,  Anvarni  insofga  chaqirdi,  kishi  qoniga 
qolmaslik fazilatini tarannum ettirdi. Biroq Anvarning bun-
day  «hamoqati»ga
2
  aхloqan  sukut  etib,  vijdonan  so‘zlagan 
o‘rda arbobi va boshqalar ishonsinmi!
Shunda o‘rda arbobi bukun peshindan biroz ilgariroq mu-
jassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib ke-
luvchi  bir  arslonni  o‘z  tarixida  birinchi  martaba  ko‘rdi  va 
tong  ajabda  qoldi.  Bu  ulug‘  jasorat  bir  necha  daqiqalarga-
cha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to‘xtatdi. O‘rda 
arboblarining  mahkamada  o‘tirganlari  eshik  yoniga  chiqib, 
yo‘lda borganlari harakatsiz qolib, parvosiz, har kim yonidan 
salomlashib o‘tguvchi arslonni tomosha qildilar.
1
  Qiyom – tush. 

Hamоqat – ahmоqlik.
 


293
Anvar devonxona qarshisiga yetganda, nima maqsad bi-
landir darichalar va eshik yonida mo‘ralashuvchi mirzolar-
ga  umumiy  bir  ta’zim  ifoda  qildi  va  zinalarga  sobitqa dam 
oyoq  qo‘yib,  yuqoriga,  xon  huzuriga  chiqib  ketdi.  Poy-
taxt  bo‘sag‘asidagi  doimiy  yasovullardan  o‘tib,  dahlizda 
to‘xtadi.  Chunki  bundan  o‘tish  uchun  hudaychi  vositasida 
xondan ruxsat oldirish lozimdir. Birinchi eshik yonida qo‘l 
qovushtirib  turuvchi  Darvesh  hudaychi  taajjub  va  hayrat 
ichida  Anvarni  qarshilab,  ikkinchi  xonadagi  «janob»  hu-
zuriga ketdi.
Taxtiga takya qilgan
1
 Xudoyor ikki ko‘zi to‘g‘risida ikki 
jallodni  qo‘yib,  yonidagi  domla  shig‘ovul
2
,  Tursun  otaliq 
va g‘ayri
3
 bir necha a’yonlar bilan suhbatlashar edi.
– Pushti panoho! – dedi hudaychi. – Xiyonatkor o‘z ixti-
yori bilan kelib, domi adolatingizga taslim bo‘lmoqchi.
– Xiyonatkoring‘ kim?
– Mirzo Anvar!
Xon  seskanib  ketdi,  hamnishinlar
4
  ham  alang-jalang 
bo‘l di lar.
– Keltir!
Hudaychi  qulluq  qilib,  orqasiga  qaytdi.  Dahlizdagi 
Anvar  birinchi  xonadagi  a’yonni  hayratga  solib,  ikkinchi 
tanobiy ning  bo‘sag‘asida,  jallodlar  o‘rtasida  to‘xtadi  va 
xonga ta’zim ado qildi.
Raqibni  bu  qadar  jasoratda  ko‘rgan  Xudoyorning  kip-
rik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va biroz so‘z topol-
magandek tamshanib turdi.
– Sen bizga xiyonat qilding‘, it uvli!
Anvar bosh irg‘atdi.
1
  Takya qilgan – suyangan. 
2
  Shig‘оvul  –  sarоy  marоsimlarini  bоshqarib  turadigan 
amaldоr. 
3
  G‘ayri – bоshqa, o‘zga. 
4
  Hamnishin – birga o‘tirganlar. 


294
– Iqrorman.
– Tuzumni unutding‘!
– Tonmayman!
–  Iqrorsan,  tonmaysan,  o‘bdan  ish,  –  dedi  zaharxanda 
qilib xon, – o‘luvdan ham qaytmaysan!
– Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! – dedi 
iljayib  Anvar.  –  O‘zimni  o‘limga  berib,  bir  gunohsizni 
qutqa rish uchun kelganman!
Hamnishinlar  lablarini  tishladilar.  Xudoyor  istehzoli 
kuldi.
– Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
–  Albatta!  –  dedi  Anvar.  –  Boshqalar  kishi  gunohi 
uchun  gunohsizni  tutib,  pusulmonchilikdan  chiqqach,  men 
pu sul  monlik bilan o‘lishni o‘bdan bildim!
Bu javob Xudoyorni qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida 
terlar ko‘rindi, g‘azab o‘ti alanga oldi.
–  Sening  qig‘on  ishing  pusulmonchilikda  bormi,  it 
uvli?!
–  Musulmonchilikda  yuzlab  xotin  ustiga  bir  kambag‘al 
uylan moqchi  bo‘lgan  qizga  ham  zo‘rlik  qilish  bormi,  qib-
layi olam!
Chiqar buni, jallod!!!
Jallodlar harakatlandilar:
– Xanjarimiz qonsirag‘an!
Anvar bosh chayqab kuldi.
–  Gunohsiz  mening  ko‘z  oldimda  banddan  ozod  qilin-
mas  ekan,  Anvarni  bu  yerdan  chiqara  olmaslar,  qiblayi 
olam, – dedi va o‘zini tashqariga torta boshlagan jallodlarni 
arslonlarcha siltab yubordi. – Sizda adolat bormi, janob!
Qo‘rqinch  bu  hayqiriq  Xudoyorni  insofga  keltirdi.  Jal-
lodlarni  to‘xtatishga  va  hudaychini  Sultonalini  hozirlashga 
buyurdi. Ko‘zi qonlangan Anvar ikki qo‘lini yoniga tashlab 
Xudo yor  qarshisida  turib  qoldi.  Hamma  sukutda.  Shunday 
fursatlarda gunohkorni odobsiz so‘zlar bilan so‘kib turuvchi 


295
Xudoyor  ham  jim.  Chunki  a’yon  nazarida  har  bir  odobsiz-
ligiga  Anvar  tarafi dan  kuchli  haqorat  olish  ehtimoli  bor. 
Shayx  Sa’diy  ayt gancha,  dunyoda  hayotidan  qo‘l  yuvguv-
chidek tili uzun kishi bo‘lmas. Darhaqiqat, insonni razolatga 
solguvchi uning manfaati taqozosi, qola bersa o‘limdir. Bu 
ikkisidan  kechguvchiga  esa  podshohning  qahri  va  jahan-
namning qa’ri farqsizdir.
Ko‘p  fursat  o‘tmay  hudaychining  orqasidan  Sultonali 
kirdi,  xonga  qarshi  turuvchini  tanib,  titradi...  Titrar  ekan, 
Anvardan  biroz  keyinda  turib  xonga  ta’zim  qildi.
–  Siz  ozod  bo‘lding‘iz!  –  dedi  xon.  –  Devong‘a  chiqib 
o‘z ishing‘izg‘a qarang!
Sultonali  ixtiyorsizcha  xon  tomon  bukilib  oldi...  Anvar 
«istehzoli» vaziyatda Sultonaliga yon qaradi:
–  Menim  qarshimga  ishlab,  janobga  neqadar  sodiq 
qolsa ngiz  ham,  sadoqatingiz  sizni  najotga  chiqara  olmadi, 
bil’aks,  siz  o‘ylagancha  men  –  insofsiz  sizni  qutqardim... 
Siz  shuni  unutmasangiz  bo‘ldi,  Sultonali  aka,  –  dedi  An-
var va xonga ishorat qildi, – qo‘limni bog‘lasinlar, chiqarib 
o‘ldirsinlar!
Sultonali orqasiga qaytdi, qaytar ekan, ko‘zidan bir necha 
tomchi yosh oqib tushdi. Jallodlardan biri Anvarning qo‘lini 
orqasiga bog‘ladi. Anvarning qo‘li bog‘lanar ekan, Muham-
mad  Niyoz  domla  o‘rnidan  turib,  xonga  qulluq  qildi.
– Shu odobsizning gunohini mening uchun kechirsinlar.
Xon yuzini chetga o‘girdi:
– Rastag‘a chiqaring!
Anvar xonni va hamnishinlarni masxaralagandek ta’zim 
ado qildi. Jallod oldinga tushdi, uning orqasidan Anvar yur-
di  va  orqadan  ikki  nafar  qurollik  yasovul  ergashdilar.  An-
var o‘zini o‘rdaga kirishda qanday tetik tutgan bo‘lsa, o‘lim 
sari  chiqishda  ham  o‘shandog‘  parvosiz  edi.  Ko‘zi  tush-
gan tanish har kimsa bilan «xayr», «xo‘sh» degan kabi im-
lashib olar edi. Rangi quv o‘chib, hushsiz kabi tashqi dar-


296
voza yonida turgan Sultonali bilan ham alohida vidolash di. 
Anvarning  qarashidagi  ma’noga  tushungan  Sultonalining 
yuragi  suv  bo‘lib  oqdi  va  hushsiz,  hissiz  Anvar  ko‘zdan 
yo‘qolguncha qarab qoldi...
Yangi  rastada  xalq  qaynar  edi.  Qo‘lida  yalang‘och 
xanjarini  ushlab,  beliga  oyboltasini  qistirgan  manfur  jal-
lod  orqasidan  keluvchi  mahkumga  ko‘zi  tushgan  xalqdan 
ba’zisi... nafratlangan ko‘yi o‘zini chetga tortdi. Jazo may-
doni  yangi  rasta  bilan  o‘rda  bog‘ining  muyushida  bir  dor 
va dor ostiga qon oqizish uchun qazilgan chuqurdan iborat 
edi. Dor ostiga kelib yetdilar. Bir onda dor atrofi ga yuz lab 
yig‘ilgan  tomoshabin  xalqni  yasovullar  chetlanishga  bu-
yurdilar.  Xalq  orqaga  siljigan  bo‘lib,  yana  siqilisha  berdi. 
Dor  ostida  Anvarning  qo‘li  yechilib,  tahorat  olish  uchun 
unga  suv  berildi.  Chunki  bu  mahkumning  qonuniy  haqqi 
edi,  Anvar  tahorat  olar  ekan,  jallod  va  yasovullar  xanjar 
yalang‘ochlab,  uning  tevaragini  qurshab  turdilar.  Anvar 
tahoratlanib, ustidagi to‘nini yerga yozdi. Jallodlar doirani 
biroz  kengaytirib,  Anvar  ikki  rakat  namoz  o‘qidi.  Duodan 
so‘ng Anvar o‘rnidan turdi, qo‘lini bog‘lashga berib, atrof-
ga besaranjom alangladi. Tevarakni sirib olgan xalq ol dida 
manfur  ko‘zini  moylantirib  o‘z  ustiga  to‘ppa-to‘g‘ri  qarab 
turgan  mulla  Abdurahmonni  ko‘rdi.
Anvar titradi, Abdurahmon iljaydi.
– Kulishga haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz! – 
dedi  Anvar.  Birdan  hammaning  ko‘zi  Abdurahmonga 
tush di. –  Faqat  siz  ifl oslik  natijasida  kulasiz,  men...  men 
to‘g‘rilik samarasini o‘raman; siz ifl os vijdon bilan g‘olib-
siz,  men  sof  vijdon  bilan  mag‘lubman...  Meni  dor  ostiga 
kim  keltirdi?  Vij don  emasmi,  taqsir!  Sizni  bu  yerda  kim 
tomoshabin qildi? Ifl oslik emasmi, taqsir?
Xalq chuqur sukutda, o‘z orasida turgan «peshvo»ga kiy-
nalik
1
  ko‘z  bilan  tikilgan  edi...  Jallod  qo‘li  bog‘langan  An-
varni dor tomonga olib bordi. Anvar o‘z ixtiyoricha chuqur 
1
 Kiynalik – dushmanlik. 


297
yoniga  o‘tirdi  va  xanjarini  yanib
1
  kelgan  jallodga  qo‘li  bi-
lan «ozgina to‘xtang» ishorasini qilib, Abdurahmon tomonga 
kuldi:
–  Mening  holimni  ko‘ringiz,  domla,  –  dedi  Anvar  ku-
lib,  –  qo‘lim  bog‘langan,  ustimda  xanjar  yaltiraydi.  Lekin 
men kulaman... Nima uchun bunday, taqsir? Chunki vijdon 
rohatda, jon tinch, yurakda ishq!.. Durust, men ko‘milgach, 
qabrim  ustida  ko‘ksi  dog‘liq  qizil  lolalar  ko‘karar...  Ni-
madan bu? Bu – sizning kabi tubanlar solgan iz!..
Tomoshabinlar  toqatsizlangandek  ko‘rindilar,  Anvar 
uzanib yotdi... Jallod xanjarini yengiga yanib Anvar ustiga 
engashdi...
Engashdi,  biroq  orqadan  berilgan  kuchli  bir  zarb  bilan 
Anvar ning  ustidan  oshib,  munkigancha  chuqurga  yi-
qildi.  Jalloddan  besh  qadam  narida  turgan  yasovullar  ham 
ko‘kdagi xanjarlik qo‘llarini ostiga bukolmay, kimlar bilan-
dir olishib yotar edilar va shu onda kuchli shapaloq tovushi 
eshitilib, sallasi chuvalgan bir yosh mulla yerga o‘tirib qol-
di...  Xalq  tartibsizlandi...  Qobilboy  Anvarning  dastbandini 
kesdi  va  ikkisi  tartib sizlik  ichiga  kirib  yo‘qoldilar.  Qurol-
sizlantirilgan  yasovul lar  gurr  etib  turli  tomonga  sochilgan 
xalq ichidan do‘st-dush manni ajratolmay garangsidilar. Shu 
vaqt  butun  a’zosi  eski  qonlarga  belangan  jallod  chuqurdan 
chiqishga intilar edi...
1. Ra’noning  boshqa  qizlarga  o‘xshamaydigan  darajada  ja-
surligi va hamma ayollar kabi hissiyotga mag‘lubligi tas-
virlangan o‘rinlarni topib o‘qing va izohlab bering.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin