327
Men bir-ikki yil shu bobom maktabida o‘qidim». Shoir ke-
yinchalik qishloqda ochilgan no‘g‘ay domla maktabida tah-
silini davom ettiradi. Shoirning otasi Tursunmat Umarbek
o‘g‘li ham adabiyotga iхlosmand edi.
Turmush qiyinchiliklaridan cho‘chimagan, ilmga chan-
qoq Mirtemir 11 yoshida amakisiga qo‘shilib, Toshkent-
ga qochib keladi va Beshog‘ochdagi «Almaiy» nomidagi
ishmaktabga joylashadi. Ikki yil bu maktabda o‘qigach,
Toshkentning yangi shahar qismidagi «O‘zbek erlar bilim
yurti»ga ko‘chadi. Shoir ham o‘qib, ham ishlagan o‘sha
yillarning mashaqqatini shunday eslaydi: «Ishmaktab-
da ham, bilim yurtida ham o‘zimiz ekar, o‘zimiz yig‘ar
edik, o‘zimiz tikar, o‘zimiz kiya r edik. Deyarli hamma
hunar o‘rgatilar edi. Og‘ir yillar edi; to 1924–25-yillarga-
cha хo‘ragimiz har kuni ikki yo uch marta bir burdadan
qora non va tushlik bir cho‘mich bo‘tqa edi. Ishmaktab-
ning bog‘i Chilonzorda, bilim yurtining bog‘i Ko‘kterakda
edi. Yoz bo‘yi hamma bog‘da ishlardi va rangga qon,
bo‘yga jir bitib qaytardik. Bilim yurtida o‘qishlar og‘ir,
o‘qituvchilar talabchan bo‘lib, kechasi allamahallargacha
sovuq bo‘lmalarda dars tayyorlardik».
1929-yili bilim yurtini tugatgan Mirtemir yo‘llanma bi-
lan o‘sha vaqtda poytaхt bo‘lgan Samarqand shahriga ke-
ladi. Bu shahardagi Pedakademiyada (hozirgi Samarqand
davlat universiteti) o‘qish bilan birga O‘zbekiston Marka-
ziy ijroiya qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboyevga
shaхsiy kotib bo‘lib ishlaydi. Shoir hayotining Samarqand
davri qizg‘in ijodiy izlanishlar davri bo‘ldi. U Hamid Olim-
jon bilan do‘stlashib qoladi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay,
Mirtemir tuhmat bilan qamaladi va qamoq muddatini uzoq-
da – Shimoldagi Belomorkanal qurilishida o‘taydi.
Mirtemirning ijodiy
qiyofasini belgilaydigan, uni o‘zbek
kitobxoni uchun ardoqli qilgan narsa – uning she’riyati.
Mirtemir samimiy tuyg‘ularni, nozik kechinmalarni sodda
va tu shunarli ifodalay oladigan san’atkor. Rost tasvir, bu-
328
ning ustiga, tuyg‘ular sherikligida amalga oshirilgan aniq
tasvir hamisha esda qoladi. Hammaga, ayniqsa, siz yoshlar-
ga ardoqli bo‘ladi. Badiiy nafasi bilan safl arimizni to‘ldirib
yurgan, avlodlarining pokiza, ma’rifatli, oriyatli bo‘lishini
istagan Mirtemirning she’riyati sizning hamishalik ham-
rohingiz bo‘lib qolishiga ishonamiz.
1971-yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvonini olgan
Mirtemir 1978-yilning 25-yanvarida vafot etadi.
Dostları ilə paylaş: