40
Iste’dodli shoirning dastlabki yozganlariyoq she’riyat shi-
navandalarining sevimli asarlariga aylandi. Deyarli barcha
asarlari yozilishi bilan rus tiliga o‘girila boshlandi. Rus tili
orqali jahonning turli tillariga tarjima qilindi. Jahonga ta-
niqli shoir 2003-yilning 3-noyabrida dunyo dan o‘tdi.
R.Hamzatovning «Tog‘ qo‘shig‘i», «Mening qalbim
tog‘ larda», «Tog‘ qizi», «Dog‘istonim», «Yuksak yulduz-
lar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovul-
dan xat» singa ri o‘nlab she’riy kitoblari, qator poemalari
shoirning nomini jahon she’riyatining eng ilg‘or vakillari
qatoriga olib chiqdi. Uning she’rlari o‘z xalqining milliy
odatlarini juda yor qin aks ettirishi bilan, bo‘ysunmas, erk-
sevar tog‘ xalqiga xos ruhiy holatlarni haqqoniy tasvirlashi
bilan diqqatga sazovordir.
Rasul Hamzatov o‘z millatidan g‘ururlanar ekan, uni
boshqa millatlarga qarshi qo‘ymaydi. O‘z sha’ni yo‘lida
sovuq yiltira yotgan xanjar tig‘iga qarshi bora oladigan er
yigitlari, go‘zal va sadoqatli qizlari uchun faxr tuyg‘ularini
sevib kuylagan.
1. Rasul Hamzatov hayoti sanalarini sinchiklab o‘rganing.
Uning dastlabki asarlari chiqqan davrga xos xususiyat-
larni aniqlang.
2. Shoirning she’riyatiga xos xususiyatlarni aytib bering.
Bu she’r larning mashhurligi sabablarini izohlang.
3. Shoirning avar xalqi milliy ruhiyati yorqin aks etgan
she’rla rining bosh qa xalqlar she’rxonlariga ma’qul
ke lish sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: