Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Savol  va  topshiriqlar:


54
ti,  ya’ni  qisqa,  cho‘ziq  va  o‘ta  cho‘ziqligi  ham  muhim 
ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Hozirgi  o‘zbek  she’riyatiga  xos 
vaznlardan  yana  biri  erki n  she’r  tizimi  deb  ataladi.  Er-
kin  vaznda  bir  o‘lchamdan  boshqasiga  erkin  o‘tib  keti-
laveradi.  Unda  na  bo‘g‘inlar  va  na  turoqlar  sonining  bir 
xilligiga  rioya  qilinadi.
Barmoq  she’r  tizimida  ikki  xil  vazn  bor:  sodda vazn, 
qo‘shma vazn.  Agar  she’rning  boshidan  oxirigacha  mis-
ralardagi bo‘g‘inlar miqdori bir xil bo‘lsa, sodda vazn de-
yiladi. Masalan:
Qani, ayt, maqsading nimadir sening? 
–  11 bo‘g‘in
Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? 
–  11 bo‘g‘in
Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, 
–  11 bo‘g‘in
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? –  11 bo‘g‘in
Misralardagi  bo‘g‘inlar  miqdori  ikki  xil  ko‘rinishda 
bo‘lsa,  qo‘shma vazn  deb  ataladi.  Qo‘shma  vaznda 
bo‘g‘inlar  miqdori  bir  xil  bo‘lmagan  misralarning  muay-
yan tartibi she’r oxirigacha qat’iy saqlanadi. Masalan, Mir-
temirning
Alisherga alla aytib uxlatgan 
– 11 bo‘g‘in
Sen – ona. 
– 3 bo‘g‘in
Og‘ushida Bobur kamolga yetgan 
– 11 bo‘g‘in
Sen – ona, 
– 3 bo‘g‘in
misralari  bilan  boshlanuvchi  she’rida  barcha  toq  misra-
lardagi  bo‘g‘inlar  miqdori  bir  xil  va  barcha  juft  misra-
lardagi  bo‘g‘inlar  miqdori  boshqacha  xil  ko‘rinishga  ega. 
E.Vohidovning «Majnuntol» she’rini ham qo‘shma vaznga 
misol qilish mumkin: 
Qubbon
1
 sohilida qomating bukib, 
– 11 bo‘g‘in
Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib, 
– 11 bo‘g‘in
1
 Qubbon – ko‘l nomi.


55
Nimalar haqida surasan xayol
– 11 bo‘g‘in
So‘yla, majnuntol? 
– 5 bo‘g‘in
Barmoq  she’r  tizimida  misralardagi  bo‘g‘inlarning 
muayyan guruhlarga bo‘linishi turoq deb ataladi. Bo‘g‘in-
larning  qanday  ko‘rinishda  turoqlarga  bo‘linishi  esa 
she’rning o‘ziga xos ohangini keltirib chiqaradi.
Solishtiring:

5
Garchi shuncha/ mag‘rur tursa ham 
4+5=9
Piyolaga/ egilar choynak. 
4+5=9
Shunday ekan/ manmanlik nechun
4+5=9
Kibr-u havo/ nimaga kerak? 
4+5=9
yoki
    6  

Tuproq ko‘chalardan/ chopgan bolalik 
6+5=11
Yillar changi ichra/ asta yo‘qoldi. 
6+5=11
Bolalik ketdi-yu/ sho‘x suhbatlarda 
6+5=11
Uni kula-kula/ eslamoq qoldi. 
6+5=11
She’r  vaznlari  haqida  tushunchaga  ega  bo‘lish  she’r 
o‘qish va uni tushunishga yordam beradi.


56
oir  va  yozuvchi  Mirmuhsin  Mirsaidov  1921-yil-
ning  3-mayida  Toshkent  shahrining  Qo‘rg‘on-
tegi  mahallasida  kulol  oilasida  tug‘il di.  O‘rta 
maktabni  bitirgach,  Toshkent  davlat  pedago-
gika  institutiga  kirib,  uni  1942-yilda  tugatdi. 
Bo‘lajak  yozuvchi  1944–1946-yillarda  Res pub-
lika  radio  qo‘mitasida  muharrir,  1947–1961-yillar  orali -
g‘i da  O‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi  kotibi,  1950- yil -
dan  1960-yilgacha  «Sharq  yulduzi»  jurnali  bosh  muha rriri, 
1961–1963-yillarda  «Qizil  O‘zbekiston»  gazetasida  bo‘lim 
mudiri,  1963–1971-yillarda  «Mushtum»  jurnali  bosh  mu-
harriri, 1972-yildan 1981-yilga qadar yana «Sharq yulduzi» 
jurnali  bosh  muharriri,  1982–1994-yillarda  «Guliston»  jur-
nali  bosh  muharriri  vazifalarida  ishlagan.
Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936-yil-
da  «Sheralining  mardligi»  va  «Ovchi  bolalar»  nomlari  bilan 
she’r  va  hikoyalar  to‘plamlarini  chiqargan.  1938-yilda  «Qa-
mar»  nomli  ilk  dostoni  bosilib  chiqdi.  1948-yilda  «Vafo»,  
«Qadrdon  do‘stlar»,  1951-yilda  «Farg‘ona»,  1952-yilda 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin